Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Zangiota tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 832           Дата: 23-03-2016, 00:16          
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida mazkur hududda tadbirkorlar tomonidan xaridorlarning qonuniy manfaatlariga bepisandlik, savdo qoidalarini qo‘pol ravishda buzish, shuningdek, savdodan tushgan yirik miqdordagi naqd pullarni o‘z vaqtida bank kassalariga topshirmaslik kabi qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Zangiota tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yildi

Xususan uchta tadbirkorlik subyektida o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishlarda xaridorga xarid cheki bermaslik, naqd pul mablag‘larini bank kassalariga topshirmaslik, tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan tovarlarning noqonuniy savdosi va boshqa qator kamchiliklar aniqlandi.

Ushbu tekshirishlarning ikkitasida savdodan tushgan jami 288,4 million so‘m naqd pullar nazorat kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmaganligi va bankka topshirilmaganligi hamda sifat sertifikati, kirim hujjatlari bo‘lmagan 141,5 million so‘mlik tovarlar savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Belgilangan qonunchilik talablariga rioya etmaslik tadbirkorlik subyektining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi Zangiota tumani hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Kalanov Nodir Sirojiddinovichga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishda ham o‘z isbotini topdi.

Bu yerda o‘tkazilgan tekshirishda xaridorga xarid cheki bermaganlik, kunlik savdodan tushgan jami 25 595 200 so‘m naqd pullarni nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi aniqlangan. Qozog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 496 qop, jami 67 million 38 ming  so‘mlik un mahsulotlari esa daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн