Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 163           Дата: 22-03-2016, 00:04          
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi O‘zA.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

21-mart kuni bayramona bezatilgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg‘orlari, tadbirkorlar, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari, yoshlar tashrif buyurdi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Soat 10:30 da maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keldi. Bayram tantanasiga yig‘ilganlar davlat rahbarini qarsaklar bilan kutib oldi.

Chorlov musiqasi yangragach, so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga berildi. Prezidenti O‘zbekiston xalqi va mehmonlarni Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

Maydon uzra karnay-surnay sadolari yangrab, bayram boshlanganidan darak beradi. Mumtoz navolar xalq qo‘shiqlariga ulanadi. Chanqovuz, sibizg‘a kuylari yangrab, sahnaga folklor-etnografik ansambllar kirib keladi. Navro‘z sayli namoyish etiladi. Doshqozonlarda sumalak tayyorlanadi, tandirdan issiq nonlar uziladi, yigit-qizlar qo‘shiq aytib, raqsga tushadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Sahnaga bolakaylar kirib keladi. Maydon sho‘x-shodon kulguga to‘ladi. Ularning abjir harakatlari, xushchaqchaq kuy-qo‘shiqlari barchaga zavq-shavq ulashadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Maydonda jahon musiqalari yangraydi. Klassik opera va baletlar, turli tillardagi qo‘shiqlar bayram qatnashchilari, chet ellik mehmonlarga zavq bag‘ishlaydi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Navro‘z tomoshalari ko‘tarinki ruhda davom etadi. Monitorlarda kurash, uloq-ko‘pkari, arqon tortish, tosh ko‘tarish, dorbozlik kabi zavqli an’analar namoyish etiladi. O‘lanchi va laparchilar dehqonchilikka baraka tilab, Navro‘z, tabiat haqida qo‘shiqlar aytadi.

Bayram tomoshasi qizigandan qiziydi. Estrada xonandalarining sho‘x-shodon qo‘shiqlari, jozibador raqslar yuraklarni jo‘shtiradi.

Navro‘z bayramini o‘nlab mamlakatlar aholisi sun’iy yo‘ldosh vositasida televideniye orqali tomosha qildi, internet orqali kuzatib bordi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн