Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda plastik karta egalarini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 052           Дата: 19-03-2016, 15:44          
O‘zbekistonda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (pensiyalar, nafaqalar, mukofotlar)ni naqdsiz ko‘rinishda berishga o‘tishni davom ettirish hisobidan, aholining bank plastik kartalaridan foydalanishini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda, “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida loyihasi e’lon qilingan hukumat qarorida so‘z boradi.

O‘zbekistonda plastik karta egalarini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi

Hujjatda plastik karta egalarini o‘z ish haqi va boshqa to‘lovlarini kartaga o‘tkazishga rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan. Nazorat-kassa mashinalari (NKM) cheklari egalari o‘rtasida sovrinli o‘yinlar o‘tkazish va tijorat banklari tomonidan sovrinlar topshirish — shunday choralardan biri bo‘lishi mumkin.

Kartalardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida, xo‘jalik subyektlarini 100 foiz to‘lov terminallari bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi rejalashtirilgan. Mobil aloqa operatorlariga 3G aloqa stansiyalari sonini oshirish va qamrov hududini, ayniqsa, chekka joylar hisobiga kengaytirish haqida ko‘rsatma beriladi.

Qaror loyihasida naqd pulli hisob-kitoblarni davlat soliq xizmatlariga onlayn ravishda uzatib tura oladigan zamonaviy NKMlaridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish ham ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo va pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (xo‘jalik subyektlarining ba’zi kategoriyalari bundan mustasno) aholi bilan pullik hisob-kitoblarni faqat onlayn-NKMlar yordamida, shuningdek, unikal kodli chek chiqaruvchi to‘lov terminallari orqali amalga oshirishi kerak.

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, rejalashtirilayotgan choralar chakana savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi naqd pulsiz to‘lov tizimini yanada takomillashtirish, pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish va naqd pul tushumi yashirilishining oldini olish, shuningdek, naqd pulli hisob-kitoblar ustidan tezkor hisob yuritilishi va nazorat amalga oshirilishini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн