Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AVVA yangi kolleksiyaga chegirmalar sovg‘a qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 077           Дата: 19-03-2016, 12:19          
Navro‘z kirib kelmoqda va bahorning bosh bayrami munosabati bilan AVVA erkaklar kiyimi do‘konlari tarmog‘i 19-martdan 21-martgacha har ikkinchi sotib olingan kiyimga 21 foizlik chegirma taqdim etadi.

AVVA yangi kolleksiyaga chegirmalar sovg‘a qiladi

Aksiya AVVA’ning uchta brend do‘konida o‘tkaziladi:

  • Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi (3-qavat): 205-01-02
  • Next savdo-ko‘ngilochar markazi (2-qavat): 231-03-00
  • MegaPlanet savdo-ko‘ngilochar markazi (2-qavat): 150-50-01

Sovg‘alar shu bilan tugamaydi. Brendning Facebook’dagi rasmiy sahifasida o‘yin o‘tkaziladi va unda uch nafar omadi kulib boqqan inson 300 000 so‘mlik sertifikat sohibiga aylanadi. Tanlovda istalgan kishi ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari

  • layk (like) bosib, tanlov maqolasi bilan bo‘lishish (share qilish) kerak;
  • brend sahifasiga obuna bo‘lish zarur;
  • izohlarda “Navro‘zni AVVA bilan kutib olyapman” deb yozish kerak.

Tanlov 20-mart soat 14:00 gacha davom etadi.

Tanlov shartlarini bajarganlar orasidan uch nafar g‘olib tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. G‘oliblar nomi 20-mart kuni soat 15:00 da brendning rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

Garderobimizni bahorgi-yozgi kolleksiya bilan yangilaymiz!

AVVA yangi kolleksiyaga chegirmalar sovg‘a qiladi

Tabiat bilan birga bahorda brend do‘konlari peshtaxtalari ham yangilandi — qishki issiq kiyimlar o‘rniga yupqa va yengil kurtkalar hamda pidjaklar keldi.

Agar ertalabdan ishga, tushlikda uchrashuvga, kechki payt restoranga borishingiz kerak bo‘lsa, AVVA taqdim qiladigan ko‘rinish eng yaxshi yechim bo‘ladi.

Yangi kolleksiyada Siz:

  • yengil djinsilar;
  • paxtadan tayyorlangan shimlar;
  • antiqa teksturadagi, uzun va kalta yengli ko‘ylaklar;
  • casual va klassik bichimdagi pidjaklarni topa olasiz.

Sotib olingan shim va ko‘ylaklarga shu yerning o‘zida quyidagicha aksessuarlarni xarid qilish mumkin:

  • poyabzal
  • sumkalar
  • galstuklar
  • soatlar
  • brasletlar

Bunday kiyimlar do‘konga bir borishda o‘z garderobini to‘liq yangilay oladigan faol, zamonaviy va xushbichim erkaklarga mos keladi.

AVVA yangi kolleksiyaga chegirmalar sovg‘a qiladi

Brend tarixi

AVVA — italyan modasining so‘nggi tendensiyalari asosida erkaklar kiyimini ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasidir. Brend tarixi 1984-yilda boshlangan.

Haqiqiy erkakcha brend hisoblangan AVVA tadbirkor Volkan Atik tomonidan yaratilgan bo‘lib, kichkina fabrikani butun jahonga taniqli kompaniya darajasiga ko‘tarish uchun unga 10 yilga yaqin vaqt kerak bo‘ldi.

AVVA hozirgi kunda AQSh, Kanada, Rossiya, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga turk kiyimini yetkazib beruvchi, yiliga milliondan ortiq mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biridir.

AVVA bilan birgalikda garderobingizni yangilang va Navro‘zni kutib oling!

Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн