Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 938           Дата: 19-03-2016, 09:11          
Navro‘z o‘zbek xalqi uchun haqiqatan ham milliy, doimo sabrsizlik bilan kutilgan, eng sevimli bayram bo‘lib, u Sharq taqvimi bo‘yicha yangi yil boshlanishidan dalolat beradi.

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

Ucell kompaniyasi O‘zbekiston madaniyati va an’analariga hurmat ko‘rsatadi, operator eng sevimli bahor bayramlaridan birini unutilmas tarzda nishonlashni taklif qildi va Sumalak sayli 2016’ni o‘tkazdi. Sumalak karvoni o‘z yo‘lini Farg‘onada boshlab, so‘ng Urgut (Samarqand)ga qarab otlandi, Hisor tizmalaridan o‘tib, Boysun (Surxondaryo)ga kirib o‘tdi va navbatma-navbat Jizzax, Navoiy, Namangan, Qarshi, Andijonga tashrif buyurdi hamda o‘z yo‘lini Buxoroda yakunladi. Xuddi qadimgi zamonlardagidek, ob-havo sayohatchilarni qo‘rqitmadi, va har bir shaharda, yomg‘ir, shamol va, hatto, qorga ham qaramay, aholi ularni qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygan holda, samimiy bayram uyushtirib kutib oldi.

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

Har bir shaharda Sumalak karvoni ikki kun mehmon bo‘ldi. Dastlab, guzar aholisi bilan birgalikda ikkita ulkan doshqozonda sumalak xalq qo‘shiqlari, milliy raqslar, dizayn tanlovlari va kelin salom marosimlari ostida qaynatildi. Mohir oshpazlar sumalakni kavlab, mehmonlar esa o‘z tilaklarini aytib turgan vaqtda Ucell tomonidan tayyorlangan palovdan tatib ko‘rish mumkin bo‘ldi. Quyosh chiqishi bilan, mehmonlar sumalak ochilishini hayajon bilan kuta boshladi va ramziy tasvirlarni ko‘rib, xursand bo‘ldi: Farg‘onada qaqnus, Urgutda baliq, Boysunda esa quyoshni ko‘rishdi.

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

Ucell kompaniyasining Korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Rodika Verbenyuk Boysundagi bayramda qatnashib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi: “Bizning kompaniyamiz mamlakat madaniy merosini qo‘llab-quvvatlaydi, uni keyingi avlod uchun asrab-avaylaydi. ‘Navro‘z’ fors tilidan tarjima qilinganida ‘yangi kun’ degan ma’noni bildiradi va u yer yuzidagi eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi. Ucell Sumalak o‘tkazilgan har bir hudud aholisi milliy odatlarga hayajon bilan munosabatda bo‘lib, uni o‘z bolalariga o‘tkazishi menga qalbimning tub-tubigacha ta’sir qildi. Bizning Sumalak bayramimiz O‘zbekistondagi har bir oilaga umid va tinchlik-xotirjamlik hadya etsin!”

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

O‘tgan yilgidan farqli ravishda, joriy loyiha o‘z ko‘ngilochar dasturlarini kengaytirib, konsert tomoshalari, kompaniya sovrinlari o‘ynaladigan qiziqarli tanlovlar, shuningdek, sport musobaqalarini kiritdi, bularning barchasi o‘zbekistonliklar uchun milliy faxr predmeti hisoblanadi. Ucell stendlari yonida sumalak tarqatilishi har bir shaharda o‘z uslubiga ega bo‘ldi va u o‘z xilma-xilligi bilan aholining xotirasida uzoq vaqtga qoladi. Farg‘onadagi Ucell Sumalak mehmonlarni so‘z jangi — askiya bilan o‘ziga jalb etdi. Boysun o‘z ko‘lami bilan yodda qoldi. 5000 ga yaqin odam tuman hokimligi bayramiga yig‘ildi va noyob o‘tovlardan iborat ko‘rgazma, folklor ansambllar va iste’dodli gimnastikachilar chiqishlariga guvoh bo‘ldi. Kurash mamlakatning turli hududlaridan kelgan polvonlarni to‘pladi, unda eng kuchlilar g‘olib chiqdi. Ikki kunlik tantanalar an’anaviy ot musobaqasi — ko‘pkari bilan yakunlandi. Hududning jasur, dovyurak, mard yigitlari kompaniya va hokimlikning bosh sovrinlarini qo‘lga kiritish uchun ot minib, o‘ljani qo‘lga kiritishga urindi.

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

O‘yinda g‘olib chiqqan 70 yoshli Nurullo Ibrohimov shunday deydi: “Mening g‘alabamdan nafaqat o‘zim, balki rafiqam va kelinlarim ham xursand! Ularga kir yuvish mashinasi olib berolmayotgan edim, endi Ucell sharofati bilan uyimizda ayollar hayoti osonlashadi!”

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

Loyiha doirasida Ucell oshi va sumalagini 80 ga yaqin oshpazlar, o‘z ishining ustalari pishirdi. Mamlakatning 15 mingdan ziyod aholisi bahor ne’mati bo‘lmish sumalak ta’mini tatib ko‘rdi. Ucell’ning 500 dan ortiq esdalik va qimmatbaho sovg‘alari o‘ynalib, ular o‘z egalarini topdi.

Ucell kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab “Ucell sumalak sayli” loyihasini o‘tkazdi

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy va arzon xizmatlar taqdim etish bilan bir qatorda, Ucell kompaniyasi, shuningdek, doimiy ravishda mamlakat tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga intiladi va sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat kabi sohalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zining bir yillik tashabbuslar dasturini ishlab chiqdi.

Jizzax shahridagi fuqarolar yig‘ini raisi Xosiyat Hayitova shunday deydi: “Navro‘zni biz butun oilamiz, mahallamiz bilan kutamiz. Ushbu bayram — birlashish timsoli. Bu quvonchli bayramda kompaniya bizga oilamiz a’zosi kabi kelib qo‘shildi. Shunday ekan, Ucell biz uchun shunchaki operator emas. Kompaniya o‘z yuragiga ega, u har bir loyihada o‘z aksini topadi. Yana bir bora minnatdorlik bildiramiz va kelasi yilda ham sizlarni kutamiz!”

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031