Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari Koreyadagi yozgi maktabda o‘qib keladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 849           Дата: 18-03-2016, 09:24          
Janubiy Koreyaning Inha universiteti 2016-yilning 25-iyulidan 12-avgustiga qadar butun dunyodan kelgan talabalar uchun yozgi maktab tashkil qiladi. Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham ishtirok etadi, deya xabar bermoqda universitet matbuot xizmati.

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari Koreyadagi yozgi maktabda o‘qib keladi

Yozgi maktabda ishtirokchilar “Koreya biznes tizimi va iqtisodiyoti”, “Biznesda ingliz tili”, “Sharqiy Osiyo siyosati va xalqaro aloqalar”, “Zamonaviy kelajak texnologiyalari” va boshqa mavzulardagi qo‘shimcha o‘quv kurslarida ishtirok etishi mumkin.

Shu bilan birga, talabalar Koreya madaniyati bilan tanishish va mamlakatning sayyohlik joylarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Janubiy Koreyaning Inha universiteti 2016-yil Toshkent shahridagi Inha universitetining eng faol va iqtidorli o‘n nafar talabasiga ushbu maktabda bepul ishtirok etish uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Yozgi maktabda o‘z xohishi bilan qatnashmoqchi bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universitetining boshqa talabalariga esa 20 foizlik chegirma belgilandi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘n nafar eng faol va iqtidorli talabalarini ajratib olish uchun tanlovlar e’lon qildi. Uning g‘oliblari Inha yozgi maktabiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritadi. o‘nta tanlovdan beshtasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridagi tizimlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan beshtasi talabalarning insoniy fazilatlarini yaxshilash va ma’naviy-ma’rifiy mavzularga bag‘ishlandi:

I. AKT sohasidagi tanlovlar (to‘liq axborot ingliz tilida berilgan):

- “Eng yaxshi portfolio tanlovi”;

- “Resurslarni samarali boshqarish bo‘yicha tizim yaratish uchun tanlov”;

- “Darslarni rejalashtirish bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish tanlovi”;

- “Davomat nazorati tizimini yaratish bo‘yicha tanlov”;

- “Telegramda IUT botini yaratish bo‘yicha tanlov”.

II. Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tanlovlar:

- “Ma’naviyat va ma’rifat mavzusidagi eng yaxshi maqola uchun tanlov”;

- Respublikada o‘tkazilayotgan www.e-yoshlar.uz tanlovida g‘olib chiqqan IUT talabasini rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha sovg‘a;

- O‘zbekistonga bog‘liq obyektiv va ijobiy ma’lumotlarni Wikipedia ensiklopediyasida o‘zbek tilida ko‘paytirish bo‘yicha;

- O‘zbekistonga bog‘liq obyektiv va ijobiy ma’lumotlarni Wikipedia ensiklopediyasida ingliz tilida ko‘paytirish bo‘yicha;

- O‘zbekistonga bog‘liq obyektiv va ijobiy ma’lumotlarni Wikipedia ensiklopediyasida rus tilida ko‘paytirish bo‘yicha.

Universitet ushbu tanlovlar talabalarni yanada ko‘proq o‘z ustilarida ishlashga hamda yuksak marralarga erishishga jalb qiladi degan umidda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн