Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar 40 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 118           Дата: 17-03-2016, 18:32          
So‘nggi bir necha o‘n yil davomida Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar qanchalik o‘zgardi? Qaysi muammolar o‘tmishda qolib ketganu, qaysi yangiliklar bugungi kun uchun odatiy holga aylangan? Xonadonlarimizni yanada shinam qiluvchi qator jihatlar va yangi texnologiyalar taqdim etayotgan qulayliklar haqida quyidagi bir necha namuna yorqin taassurot bera oladi.

G‘isht

O‘zining ko‘p asrlik tarixiga qaramay, g‘isht hali ham eng ommabop qurilish materiallaridan biridir. Texnologiyalar tinimsiz rivojlanmoqda va bugungi kunda ko‘p qavatli uylarni qurishda ichi kavak g‘ishtdan foydalanish xonadon egalariga bir qator afzalliklarni taqdim etmoqda. Kavak ichiga tushgan sement qurilish materiallarining yanada qattiqroq tortishishini ta’minlaydi, ko‘chadan kelayotgan sovuq va shovqin uchun esa bu yana bir to‘siqdir. Bunday devorlar ortida zinapoyadan tushayotgan qo‘shnilar haqida ham, xonadondagi iliqlikni saqlab qolish muammolari haqida ham unutasiz.

Podyezd

Uyiga mebel yoki xonadoniga katta maishiy texnikani olib kirish vazifasi bilan kamida bir marta bo‘lsa-da to‘qnashgan kishilar sovet davrida qurilgan ko‘p qavatli uylarning zinapoyalari bunday maqsadlar uchun mo‘ljallanmaganini va juda torligini isbotlovchi ko‘ylak yirtilishi yoki ifloslanishi bilan bog‘liq voqealarni, albatta, yodda saqlashadi.

Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning podyezdlari keng va enlik zinapoyalardan iborat bo‘lib, xuddi katta hovlida yurgandek hissiyot ulashadi.

Podyezdlarni pardozlash uslubi ham o‘zgargan — yarmi bo‘yalgan, yarmi oqlangan devorlar o‘rnini tabiiy materiallar: marmarli mozaika, travertin, granit, tabiiy tosh egallagan. Bu materiallar nafaqat chiroyli, balki foydalanishda samarali ham. Masalan, marmar qirilmaydi va iflos bo‘lmaydi, eng muhimi — juda chidamli, uzoq muddat xizmat qiladi.

Liftlar

Dirillagan eshiklar, ko‘tarilish vaqtidagi g‘ichirlash va boshqa shovqinlar hamda 40 yil avval o‘rnatilgan liftga chiqish vaqtidagi vahimali qo‘rquvlar o‘tmishda qolib ketdi. Ularning o‘rniga zamonaviy va hashamatli, zarur qavatga shovqinsiz olib chiqadigan liftlar paydo bo‘ldi. Liftning zanglamas po‘latdan tayyorlangan chiroyli eshiklari esa podyezdlarga qo‘shimcha ko‘rk bag‘ishlaydi. Eng asosiysi, avvallari faqat baland uylar liftlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, hozirda hatto besh qavatli uylardagi xonadon egalari ham qulay liftlardan foydalana oladi.

Deraza romlari

Tabiiy materiallarning ashaddiy ishqibozlari ham yog‘och romlar yetarlicha besamar ekani haqida ortiqcha bahslashmaydi. Qishda namlikdan shishish, yozda issiqdan qurish — bularning bari nuqsonlarga, romning turli ovozlar chiqarishiga, derazadagi oynaning dirillab qolishiga, oddiygina tavaqaning yopilmaydigan bo‘lib qolishiga va, albatta, oxir-oqibat bu romni ta’mirlashga sabab bo‘ladi. Profil tavaqali zamonaviy plastik romlar qator afzalliklarga ega. Ular uydagi iliqlikni saqlaydi, jimjitlikni ta’minlaydi, yuqori darajada ovoz o‘tkazmaslik xususiyatiga ega, uzoq muddat beminnat xizmat qiladi va zarurat tug‘ilganda sozlash ham qiyin emas.

Oynapaketlar

Yangi texnologiyalar sharofati bilan qahraton qishda oynada paydo bo‘ladigan muzli naqshlar endi o‘tmishda qoladi. Masalan, uch qavatli oynapaket ko‘chadan kelayotgan shovqinning yo‘lini to‘sadi va uydagi iliq haroratni saqlashga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, oyna singudek bo‘lsa, u mayda zarralarga sochilib ketmaydi, balki tirqishni saqlovchi plyonkada ushlanib qoladi.

Bugungi kunda oynapaketlarni ishlab chiqarishda ohakli qorishma va yelimli porolon plyonka o‘rniga yuqori texnologik zichlashtirgichning yangi avlodidan foydalanilmoqda.

Individual isitish

Har bir kvartiradagi individual isitish va issiq suvni avtonom uzatish tizimi kommunal xizmat vakillari bilan ortiqcha muloqotda bo‘lish, shahar issiqlik quvvati korxonasidan xato chaqiruvlar kelishi, yiliga ikki marta bir haftadan issiq suvning o‘chirilishi kabi noqulayliklardan qutulish imkonini beradi. Bu nafaqat qulay, balki jahon standartlariga ham mos. Har bir istiqomat qiluvchi yilning istalgan faslida xonadonida o‘zi xohlagan haroratni o‘rnata oladi. Bu masalada eng muhim jihat — xavfsizlikning barcha talablariga javob beradigan maqbul isitish qozonlarini o‘rnatishdir.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн