Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26-mart kuni Toshkent viloyatining sobiq hokimidan bo‘shab qolgan o‘ringa Senat a’zosi saylanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 438           Дата: 17-03-2016, 18:32          
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida 16-mart, chorshanba kuni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov rahbarligida majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

26-mart kuni Toshkent viloyatining sobiq hokimidan bo‘shab qolgan o‘ringa Senat a’zosi saylanadi

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga muvofiq bo‘shab qolgan o‘ringa Senat a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

Komissiyaning shu yil 4-fevralidagi yig‘ilishida Senati a’zosi Ahmadjon Usmonovning xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilingan edi. Bo‘shab qolgan o‘rinni to‘ldirish maqsadida Senat a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma majlisni 2016-yil 26-mart kuni soat 10:00 da Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral, payshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shu kuni Sodiq Abdullayev Toshkent viloyatining yangi hokimi etib tayinlandi. U bungacha viloyatning Zangiota tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031