Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

BMT mutaxassislari O‘zbekistonni MDHdagi eng baxtli davlat deb topdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 406           Дата: 16-03-2016, 18:58          
O‘zbekiston jahonning eng baxtli davlatlari reytingida 49-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT buyurtmasiga asosan tayyorlangan World Happiness Report 2016 hisobotida aytildi, deb xabar bermoqda UzDaily.

BMT mutaxassislari O‘zbekistonni MDHdagi eng baxtli davlat deb topdi

BMTning barqaror rivojlanishni ta’minlash usullari bo‘yicha tarmog‘i hisobotidan dunyo davlatlarining baxt indeksi ham o‘rin oldi. Reytingga jami 158 davlat kiritildi. Uni tuzishda iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boshqa sohalar mutaxassislari ishtirok etdi.

Baholashning asosiy kriteriylari sifatida ekspertlar olti omilni inobatga oldi: aholi jon boshiga real YaIM, sog‘lom hayot davomiyligi, yaqinlarga suyanish imkoniyati, hayotiy qarorlar qabul qilish erkinligining subyektiv darajasi, korrupsiyadan himoyalanganlik darajasi va saxiylik.

Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 5,987 indeksi bilan 2016-yilda sobiq Ittifoq hududidagi eng baxtli davlat deb topildi. O‘tgan yilgi reytingda respublika 44-o‘ringa qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston Qozog‘iston (54-o‘rin), Rossiya (56), Litva (60), Belarus (61), Turkiya (78), Portugaliya (94), Ukraina (123) singari davlatlarga nisbatan yuqoriroq natija qayd etdi.

Reytingning eng yuqori pog‘onalarini Daniya (1-o‘rin), Shveysariya (2), Islandiya (3), Norvegiya (4) va Finlyandiya (5) egalladi. AQSh 13-o‘rin bilan kifoyalandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728