Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Faxritdin Umarov Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 821           Дата: 16-03-2016, 15:32          
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari o‘n ikkinchi sessiyasida Faxritdin Samatovich Umarov Navoiy viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Faxritdin Umarov Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari F. Ibragimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni mas’ul xodimi M. Xodjayev, shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, shahar-tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat-notijorat tashkilotlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiyada, shuningdek, Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qabul qilingan viloyat hokimining uchta qarori ko‘rib chiqildi. Jumladan, K. Rasulovni viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha, S. Hamroyevni viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamda U. Razzoqovni viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi qarorlar tasdiqlandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн