Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Rasmga olguncha, tushib qarashmaysanmi!”. To‘kilgan non surati uchun tanqid qilingan Facebook foydalanuvchisi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 630           Дата: 15-03-2016, 18:10          
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida 15-mart, seshanba kuni Toshkent yo‘llaridan birida to‘kilib ketgan buxanka nonlar surati e’lon qilindi. “Izohga hojat yo‘q yoki Toshkent — non shahri”, degan izoh bilan suratni joylashtirgan foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilarning tanqidi ostida qoldi.

“Rasmga olguncha, tushib qarashmaysanmi!”. To‘kilgan non surati uchun tanqid qilingan Facebook foydalanuvchisi

Suratda Toshkentning nomi ma’lum qilingan chorrahalaridan birida non tashuvchi Damas’dan buxankalar to‘kilib ketgani, bir kishi nonlarni yig‘ib olishga urinayotgani tasvirlangan. Fotosurat non to‘kilgan chorrahadan o‘tib ketayotgan avtomobildan turib olingan.

Fotoxabar ostidagi birinchi kommentdayoq surat muallifi tanqid ostiga olingan: “Suratga olish o‘rniga, yordam berish kerak edi! Bu non-ku, axir!”. Ushbu maqola yozilayotgan vaqtda bu kommentga 46 ta layk qo‘yilgan edi.

Bundan boshqa foydalanuvchilar ham bu vaziyatda avtomobildan tushib, jabrlanuvchiga yordam berish maqbul ish ekani haqidagi fikrlarini ba’zi o‘rinlarda muloyim tarzda, vaqti kelsa g‘azab bilan ifoda qilgan.

Ba’zi foydalanuvchilar fotosurat muallifini salbiy ruhdagi kommentlar oqimidan saqlashga uringan. “Surat muallifi bu surati bilan kimningdir ustidan kulmoqchi bo‘lmagan, balki non tashishda sanitariya talablariga rioya etish kerakligiga chaqirmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kera”, — deb yozgan bir foydalanuvchining kommenti 16 marta layk qilingan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib, muhokamaga surat muallifi ham qo‘shilib: “Ehtiyot qilsa, [nonlar] to‘kilmas edi”, — deb fikr bildirgan. “Shu to‘kilgan nonlarni kimdir sotib olib iste’mol qiladi, mikroblangan bo‘lsa, kasallik orttirib olishi hech gap emas”, — deya qo‘shimcha qilgan surat muallifi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн