Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda topilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavr jumbog‘ini yechadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 842           Дата: 15-03-2016, 12:36          
O‘zbekistonda topilgan kichik dinozavr qoldiqlari olimlarga Yer tarixidagi eng yirik yirtqichlardan biri — tirannozavr qanday evolyutsiya qilganini tushunishga yordam berishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz”. Amerika, Britaniya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences nashrida e’lon qilindi.

O‘zbekistonda topilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavr jumbog‘ini yechadi

Yirtqich dinozavrlar oilasi — tirannozavridga kirgan tirannozavrlar va albertozavrlar yuqori bo‘r davri (taxminan 80—66 million yil avval)da Osiyo va Shimoliy Amerikadagi mintaqaviy ekotizimlarda tarqalgan edi. Ulkan hajmi va rivojlangan sezgilari sharofati bilan ular yuqori evolyutsion cho‘qqiga erishdi.

O‘zbekistonda topilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavr jumbog‘ini yechadi

Shu paytgacha tirannozavridlar kichik tirannozavridlardan qanday evolyutsiya qilgani haqida kam narsa ma’lum edi, o‘rtada 20 million yildan ortiq oraliq yuzaga kelgan edi. Olimlarda bunday transformatsiyani tushuntirib berish uchun dalillar yo‘q edi.

O‘zbekistonda topilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavr jumbog‘ini yechadi

Yangi tadqiqot ushbu vaqt oralig‘idagi tirannozavridning ilk namunalarini tavsiflab beradi, u Jaraquduq (Navoiy viloyati Qizilqum cho‘li)da aniqlangan 90—92 million yillik skeletning yaxshi saqlangan miya qutisi va boshqa ko‘plab elementlariga asoslangan.

Timurlengia euotica (T. euotica) deb nom berilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavridlar o‘sha vaqtda ulkan hajmda bo‘lmaganini, biroq allaqachon nisbatan yirik miya va yaxshi eshitish qobiliyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda topilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavr jumbog‘ini yechadi

Olimlar taxmin qilishicha, tirannozavridlar quyi bo‘r davrida nisbatan tezroq kattalashgan, ularning yirtqichlar orasidagi ustunligini esa rivojlangan miya va sezgilar bilan tushuntirish mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031