Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 245           Дата: 14-03-2016, 09:28          
12-mart kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.

Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Z.Mirzayev olib bordi.

Sessiya kun tartibidagi masala – tashkiliy masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari G‘.Ibragimov so‘zga chiqib, Prezidentning 2016-yil 24-fevraldagi qarori bilan mahalliy hokimliklar strukturasi o‘zgartirilgani va unga ko‘ra, hokimlarning ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilganini va mazkur lavozimning ahamiyatini tushuntirib berdi.

Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga shu paytgacha Urgut tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqbo‘tayev nomzodi tavsiya etildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalari o‘rtasida Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qabul qilingan viloyat hokimining uchta qarori ko‘rib chiqildi.

Jumladan, viloyat hokimining 2016-yil 1-martda qabul qilgan Ochilov Olimjon Ismoilovichni viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi (64-Q–sonli), Nurkulov Abdumajit Alibekovichni viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi (65-Q-sonli), Xudjayorov Xayriddin Gadayevichni viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash haqidagi (66-Q-sonli) qarorlari tasdiqlandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн