Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12-mart kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 299           Дата: 11-03-2016, 18:54          
O‘zbekistonda 12-mart, shanba kuni havo o‘zgarib turadi, tog‘li hududlardan boshqa joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.

12-mart kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

12-martga o‘tar kechasi tog‘li hududlarda +7 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8 darajagacha, Toshkent shahrida +9 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +10 darajagacha iliq bo‘ladi.

Shanba kuniga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +7…+12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

12-mart kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +13…+18 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.

Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida havo harorati +22 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonning 2,5 ming metrdan yuqori tog‘li hududlarida 16-martgacha qor ko‘chishi, tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 14-martgacha sel kelishi xavfi borligi haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031