Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Daryo”ga super muharrirni ishga olamiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 606           Дата: 11-03-2016, 18:18          
O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashrda ishlashni xohlaysizmi? Dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi yangiliklarni o‘z tengqurlaringizga muntazam yetkazishni-chi? Yoshlar bilan doim muloqotda bo‘lishni-chi?

“Daryo”ga super muharrirni ishga olamiz!

Biz bir vaqtning o‘zida bir necha vazifalarni qo‘rqmasdan, e’tibor bilan uddalay oladigan super muharrirni ishga olamiz. Bizda hozircha bitta shunday super muharrir bor, lekin ish hajmi ortgandan ortmoqda. Maqsadimiz — o‘z mushtariylarimizga tekshirilgan, musahhih ko‘rigidan o‘tgan, sifatli axborotni yanada ko‘proq taqdim etish.

Ammo O‘zbekistonning eng ommabop internet-nashrida ishlash oson emas! Zo‘r jurnalistlarni ishga olishimiz haqidagi avvalgi e’lonlarimizdan so‘ng bizga yuzlab rezyumelar kelib tushgan va sanoqli nomzodlarnigina ishga olganmiz.

Bizga super muharrir kerak!

Vazifalaringiz:

  • “Daryo” jurnalistlari tayyorlagan xabarlarni chop etilishidan avval tekshirish (musahhih sifatida), tahrir qilish (muharrir sifatida);
  • “Daryo” jurnalistlari tayyorlagan tarjima xabarlaridagi faktlarni chop etilishidan avval manba bilan qiyoslab tekshirish;
  • “Daryo” internet-nashri uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
  • Chet el internet-nashrlari va axborot agentliklari xabarlarini tarjima qilish;
  • Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Muloqot”dagi “Daryo” guruhlarini o‘zbek tilida yuritish;
  • va internet-jurnalistikaga bog‘liq boshqa vazifalar.

Bizda:

  • Oylik: 1 million so‘m va undan yuqori;
  • Yangi, zamonaviy kompyuter;
  • Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
  • Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
  • Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Bunyodkor” metrosi yonginasida);
  • Rasmiy mehnat shartnomasi.

Sizga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbek va rus (yoki ingliz) tillarini mukammal bilish;
  • Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
  • Yoshingiz: 20 dan 30 gacha;
  • Oliy ma’lumot (universitetni bitirgan bo‘lishingiz kerak);
  • Kompyuterda bemalol ishlash;
  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin).

Qiziqdingizmi? U holda:

Quyidagi maqolalarni tarjima qilib, qisqartirib, “Daryo” stilistikasiga moslab, bizga yuboring:

  • https://meduza.io/news/2016/03/11/kurs-dollara-na-moskovskoy-birzhe-opustilsya-nizhe-70-rubley
  • https://meduza.io/news/2016/03/11/advokat-rasskazal-o-kriticheskom-sostoyanii-savchenko-posle-golodovki

“Daryo” stilistikasi nima?

  • Qisqa va lo‘nda (160—200 so‘z);
  • Kirish so‘z va xotima;
  • 20—30 yoshli auditoriya qiziq bo‘lgan mavzu;
  • Raqamlarga e’tibor;
  • O‘ziga jalb qiluvchi sarlavha;
  • Eniga kamida 900 pikselli fotosurat.

Bizning talablarni to‘liq tushunib yetish uchun, iltimos, nashrimizdagi xabarlarni yaxshilab o‘rganib chiqing.

Yuqoridagi talablarni bajargan holda, tarjimalaringizni Microsoft Word formatida, rezyumengiz bilan birga rezyume@simple.uz elektron manziliga yuboring.

Ta’kidlash joiz, talablarga javob bermagan tarjimalar ko‘rib chiqilmaydi.

“Daryo” nashri haqida

“Daryo” internet-nashri Simple Networking Solutions MChJga tegishlidir. Kompaniya 2011-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i, “Daryo” internet-nashri va boshqa saytlarni yuritadi.

“Daryo” nashriga bir oyda 1 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi. “Daryo” O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn-OAV bo‘lib, 2014-yil o‘tkazilgan Milliy UZ domeni internet festivalida ushbu ko‘rsatkich alohida e’tirof etilgan.

Ana shunaqa!

“Daryo”ga super muharrirni ishga olamiz!

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031