Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Navro‘z bayrami oldidan xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 341           Дата: 11-03-2016, 09:13          
Islom Karimovning shu yil 19-fevraldagi “2016-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu ayyomni munosib kutib olish uchun har tomonlama puxta taraddud ko‘rilmoqda, deb yozadi O‘zA. Xususan, ichki ishlar idoralari tomonidan bayramni tinch-osoyishta o‘tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Navro‘z bayrami oldidan xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda

Bayram shodiyonalari o‘tadigan maskanlarda jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlarning oldini olish, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilgan.

Bayram tadbirlari xavfsizlik talablariga javob beradigan obyektlarda o‘tkaziladi. Ana shu maskanlar ichki ishlar idoralarining tegishli xizmatlari xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilishi bilan birga, jamoat tartibini saqlash, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi.

Bayram o‘tkaziladigan joylar atrofidagi subyektlar, aholi turar joylari hamda boshqa maskanlarning yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi. Natijada yong‘in sodir etilishi mumkin bo‘lgan besh yuzdan ziyod bino va inshoot aniqlanib, tegishli chora ko‘rildi.

Ayni paytda har bir qishloq va mahallada, ayniqsa, mamlakatning chegara hududlarida hushyorlik va ogohlikka chorlovchi targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga ko‘maklashish, yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash mavzularidagi uchrashuvlar, suhbatlar shular jumlasidandir.

Xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli “Tozalash” tadbiri uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda. Tadbir davomida aniqlanayotgan huquqbuzarliklar o‘z vaqtida bartaraf etilayotir.

Bayram kunlari yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois yo‘llarning holatini yaxshilash, svetofor va yo‘l chiziqlarini yangilash yuzasidan salmoqli ishlar bajarildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн