Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 320           Дата: 8-03-2016, 12:53          
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunida Facebook’dagi o‘zbekistonlik haydovchilarning eng katta hamjamiyatlari — “Voditeli Tashkenta” hamda “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhlari yo‘l nazoratchilaridan xursand ayol haydovchilarning xabarlari bilan to‘ldi.

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

Ma’lum bo‘lishicha, bayram munosabati bilan, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ayol haydovchilarni to‘xtatib, ularni bayram bilan tabriklamoqda va gullar sovg‘a qilmoqda. Foydalanuvchilarning yozishicha, ba’zi chorrahalarda yo‘l nazoratchilari faqat ayol haydovchilarni to‘xtatish maqsadida turibdi.

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

“Birinchi marta yo‘l nazoratchisining to‘xtatishi yoqimli hissiyot ulashdi. ‘Oybek’ metro bekati yaqinidagi chorrahada ikki yo‘l nazoratchisi turibdi, ular bayram bilan tabriklash uchun mashinalarni to‘xtatyapti. Yoqimli aksiya uchun rahmat”, — deb yozadi bayram sovg‘asi (gul)ni qo‘lga kiritgan ayol haydovchilardan biri.

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

“Qanday kutilmagan va yoqimli sovg‘a! Men hujjatlarni tutqazmoqchi bo‘lsam, yo‘l nazoratchisi meni bayram bilan tabriklab turibdi”, — deb yozadi xursandchiligi bilan bo‘lishadi boshqa bir ayol. “Bugun ular haqiqatan ham yoqimli tarzda hayron qoldirishyapti”, — deb qo‘shimcha qiladi yana bir ayol haydovchi.

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

Yo‘l nazoratchilarining bunday iliq va tantanavor munosabatini yuqori baholagan ba’zi ayol haydovchilar hazil aralash fikrlar ham qoldirgan. Jumladan: “Qizlarjon, ular hammayoqda shekilli! Men har doimgidek hujjatlarni qidirishga tushsam, ular iliq so‘zlar aytib, gul uzatib turishibdi! Aftidan, bugun Yo‘l harakati qoidalarini biroz buzsak ham bo‘ladi-yov!”.

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

Fikr bildiruvchilardan biri yo‘l nazoratchilari ayol haydovchilarni tabriklash uchun obrazga kirib, rol ham o‘ynayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan: “Biri meni qizilda o‘tganlikda ayblab, chalg‘itib turgan edi, ikkinchisi kulib, gul taqdim etdi. Kichik sovg‘a-yu, lekin qanday yoqimli!”.

“Biri: ‘Qizil chiroqqa o‘tdingiz’, deb chalg‘itayotganida, ikkinchisi kelib, gul sovg‘a qildi”. Ruldagi ayollarni tabriklayotgan Toshkent militsionerlari

Ma’lumot uchun, Toshkentda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari 2014 va 2015-yilgi 8-mart bayramlarida ham xuddi shunday aksiyalar o‘tkazgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн