Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Farg‘onada 8-mart munosabati bilan barcha turdagi yo‘lovchi tashish transportlari xotin-qizlarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 696           Дата: 8-03-2016, 12:05          
Farg‘ona viloyatida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha turdagi jamoat transportlari xotin-qizlarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda. Viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Jahongir Hotamovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu Farg‘ona viloyati hokimligi, Avtomobil va daryo transporti agentligining viloyat hududiy bo‘limi hamda bir qator jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilayotgan e’tibor loyihasi doirasida belgilangan.

Farg‘onada 8-mart munosabati bilan barcha turdagi yo‘lovchi tashish transportlari xotin-qizlarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda

8-mart kuni viloyat hududida yo‘nalish avtobuslari, xususiy korxonalarga tegishli aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yengil mashinalar ushbu loyihada faol ishtirok etib, xotin-qizlarning uzog‘ini yaqin qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

“Bayram kuni erta tongda kelinlar, nevaralar bilan shahar markaziga dam olgani chiqsak, barcha jamoat transportlari, hatto taksilar ham bepul xizmat ko‘rsatayotganiga guvoh bo‘ldik. Yigitlarning e’tibori va g‘amxo‘rligidan boshimiz osmonga yetdi”, — deydi Farg‘ona shahrida yashovchi onaxon Zarifaxon Boboyeva.

Avvalroq 8-mart bayrami munosabati bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan “Kamolot Taksi” loyihasi tashkil etilgani, mazkur loyiha doirasida xotin-qizlarga bepul transport xizmati ko‘rsatilayotgani haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн