Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bilan tabrikladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 151           Дата: 6-03-2016, 08:00          
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi yo‘lladi. Tabrik matni 5 mart, shanba kuni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Islom Karimov O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bilan tabrikladi

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashni o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman.

Mana shu bayram kunlarida biz – yurtimizning keksayu yosh barcha-barcha erkak zoti, mard o‘g‘lonlari haqiqatan ham Yaratganning mo‘jizasi bo‘lmish ayol siymosi oldida, avvalambor, mehribon onalarimiz oldida bosh egib, ta’zim bajo keltiramiz.

Munis opa-singillarimiz, vafodor umr yo‘ldoshlarimiz, dunyodagi eng chiroyli, latofatli qizlarimizni tabriklab, ularning sha’niga samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmatimizni izhor etamiz, jajji qizaloq nabiralarimizni bag‘rimizga bosib, chin yurakdan qutlaymiz.

Shu kunlarda hammamizning tilimizda, dilimizda bo‘lgan bir fikrni hech ikkilanmasdan aytishni zarur deb bilaman.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Chindan ham, o‘zining beqiyos mehri va fidoyiligi, sabr-qanoati va chidamliligi bilan xonadonlarimizda, butun jamiyatimizda tinchlik-xotirjamlik, totuvlik va hamjihatlik muhitini saqlab, hayotimizga fayzu tarovat bag‘ishlaydigan, tunlari bedor bo‘lib, bolalarimizni barkamol insonlar, Vatanimizning mard va jasur himoyachilari etib voyaga yetkazadigan kim?

Mehribon va oqila ayollarimiz emasmi?

Umr yo‘llarimizda qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar duch kelmasin, ularni yengib o‘tishda ruhimizni ko‘tarib, kuchimizga – kuch, g‘ayratimizga – g‘ayrat qo‘shadigan insonlar ham, hech shubhasiz, dunyodagi eng mo‘tabar zotlar, qalbi daryo ayollarimizdir.

Shu ma’noda, Alisher Navoiy bobomizning “Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan hikmatli so‘zlarida qanday chuqur ma’no borligini, o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz.

Hurmatli yurtdoshlar!

Biz o‘z oldimizga qo‘ygan oliy maqsadimizga erishish yo‘lida, ya’ni jahondagi eng taraqqiy topgan, demokratik va erkin davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, muxtasar qilib aytganda, bugun O‘zbekistonimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan marralarda – bu qaysi soha, qaysi kasb-hunar bo‘lmasin, ularning barchasida ayollarimizning munosib, buyuk hissasi borligini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

Bu haqda gapirganda, xotin-qizlarimizning nafaqat kundalik turmushda, balki davlat miqyosidagi eng muhim masalalarni hal qilishda o‘rni va roli tobora ortib borayotganini alohida qayd etishni zarur deb bilaman.

Bugungi kunda yuzlab deputat ayollarimiz Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarda xalq vakillari bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgani, davlat va jamiyat boshqaruvida, siyosiy va ijtimoiy hayotimizda, fuqarolik institutlari va nodavlat tuzilmalarda qanchadan-qancha opa-singillarimiz el-yurt manfaati uchun jonbozlik bilan xizmat qilayotganini hurmat bilan e’tirof etamiz.

Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya, madaniyat va ilm-fan sohalarida mehnat qilayotgan xodimlarning 73 foizini, sog‘liqni saqlash tizimida 75 foizini, ishlab chiqarish tarmoqlarida 42 foizini, qishloq xo‘jaligida 43 foizini aynan ayollar tashkil etayotgani ularning haqiqatan ham biror-bir sohada hech kimdan qolishmasligini ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi kichik biznes subyektlarining 120 mingdan ziyodini, fermer xo‘jaliklarining 4 ming 550 dan ortig‘ini xotin-qizlar samarali boshqarib, barchaga o‘rnak va namuna bo‘lib kelmoqda.

Men joylarda bo‘lib, mana shunday o‘zining qadr-qimmatini, hayotning pastu balandini yaxshi biladigan, kelajakka katta ishonch bilan qarab, sidqidildan mehnat qilayotgan opa-singillarimiz bilan uchrashib, suhbat qurganda, ochig‘ini aytishim kerak, o‘zim uchun katta taassurot, ma’naviy-ruhiy quvvat olaman.

Jamiyatimiz taraqqiyotini bugungi yuksak bosqichga ko‘tarishda dunyoda o‘xshashi kam bo‘lgan noyob tuzilma – mahalla faollarining, xususan, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlayotgan, ko‘pni ko‘rgan, jonkuyar opa-singillarimizning beqiyos hissasi borligi barchamizni albatta quvontiradi. Elu yurtimiz o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, xonadonlarda turli ginayu arazlarning oldini olish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zini ayamasdan mehnat qilayotgan ana shunday ming-minglab ayollarimizga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy tashakkur izhor etishni o‘zimning burchim, deb bilaman.

Aziz opa-singillar!

Biz Vatanimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab yurtimizda oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish kabi muhim vazifalarni davlat siyosati darajasiga ko‘targanimiz va bu sohada amalga oshirayotgan ishlarimiz bugungi kunda jahon miqyosida havas bilan tan olinmoqda.

Bu haqda ko‘p gapirmasdan, birgina 2015-yilning o‘zida tadbirkor ayollar uchun ajratilgan kreditlar 1 trillion 255 milliard so‘mni yoki 2014-yilga nisbatan 130 foizni tashkil etganini aytish kifoya, deb o‘ylayman.

Hech shubhasiz, bunday ko‘mak va yordam xotin-qizlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning jamiyatimiz hayotidagi munosib ishtirokini ta’minlashda muhim amaliy qadam bo‘lmoqda.

O‘tgan yili kasb-hunar kollejlarini bitirgan 230 mingdan ko‘proq qiz bolalar ishga joylashtirilgani, tadbirkorlik sohasida o‘z ishini boshlayotgan 6 mingdan ortiq yosh qizlarga 51 milliard so‘mdan ziyod kreditlar ajratilgani ham opa-singillarimizning hayotiy manfaatlarini ta’minlash borasidagi salmoqli ishlarimiz qatoriga kiradi.

Shu bilan birga, keyingi ikki yilda 2 ming 80 ta xonadonga mo‘ljallangan 57 ta ko‘p qavatli “Kamolot” uylari barpo etilib, yosh oilalarga berilgani, minglab yoshlarimiz uchun imtiyozli ipoteka va iste’mol kreditlari ajratilgani va bunday tadbirlar izchil davom ettirilayotganini qayd etish o‘rinlidir.

Shular haqida so‘z yuritar ekanmiz, 2015-yilda 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, 983 ta medalga erishgani, iqtidorli farzandlarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli o‘rinni, jumladan, 76 ta gran-prini qo‘lga kiritganini yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarimizning amaliy natijasi sifatida qabul qilamiz.

Ayni vaqtda xotin-qizlarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ularning og‘irini yengil qilish, o‘z bilim va professional malakasini amalda namoyon etishi uchun keng yo‘l ochib berish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak.

Ayniqsa, jondan aziz farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan insonlar qilib kamol toptirish, avvalo, qiz bolaning taqdiri haqida g‘amxo‘rlik qilish, uni bamisoli jamiyatimizning gulidek tarbiyalab, voyaga yetkazish, bo‘lajak oilaning baxtli bekasi sifatida ko‘rish vazifasi, yana va yana bir bor aytaman, barchamizning eng oliy maqsadimiz bo‘lishi darkor.

Nega deganda, buning negizida xalqimiz, millatimizning hayoti, kelajagi bilan bog‘liq oddiy va shu bilan birga, o‘ta mas’uliyatli haqiqat mujassam bo‘lib, uni hech qachon unutmasligimizni istardim. Ya’ni, qizlarimiz timsolida biz avvalambor bo‘lg‘usi onalarni, ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom avlodni o‘zimizga tasavvur qilamiz, naslimiz davomchilarini ko‘ramiz. Hech shubhasiz, qiz bola sog‘lom, bilimli, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lsa, u quradigan oila ham, bu oilaning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat barqaror va farovon bo‘ladi.

Hammamiz yaxshi tushunamizki, mamlakatimizda 2016-yilning Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilinishi avvalo ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu dastur doirasida jami 7 trillion 483 milliard 300 million so‘m va 194 million 400 ming dollar hajmidagi ishlarni amalga oshirish belgilanganining o‘zi, o‘ylaymanki, uning miqyosi va ko‘lami qanday ulkan ekanidan dalolat beradi.

Dasturda belgilangan, kundalik hayotimizda eng muhim e’tibor qaratish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar haqida gapirganda, birinchi navbatda, tibbiyot maskanlari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, akusher-ginekologlar, bolalar shifokorlarining malakasini yuksaltirish, ona va bolaning sog‘lig‘idan muntazam xabar olib, ularga tegishli yordam ko‘rsatadigan patronaj hamshiralar sonini ko‘paytirish kabi o‘ta dolzarb masalalar bundan buyon ham diqqatimiz markazida bo‘ladi.

Yurtimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, yoshlarimizning ongi va qalbini bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli oqim va ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan saqlash, oilalarda, mahallalarda olib borayotgan tarbiyaviy ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni bugun tobora keskinlashib, murakkablashib borayotgan hayotning o‘zi barchamizdan talab etmoqda.

Ana shunday o‘tkir masalalarni yechishda men siz, muhtarama ayollarimizga, sizlarning aql-zakovatingiz, olijanob fazilatlaringizga tayanishimni, sizlarni o‘zimning eng yaqin maslahatchilarim va safdoshlarim, deb bilishimni fursatdan foydalanib bugun yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman.

Aziz va qadrli opa-singillarim!

Bamisoli bahor elchisi bo‘lib kelayotgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar mana shu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo‘lsin!

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!

Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling, azizlarim, mehribonlarim!

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн