Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 580           Дата: 6-03-2016, 08:00          
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 1-mart kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

14 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan:

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.Bositxonova zimmasiga yuklansin.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Bayjigitova Aziza Alliyar qizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Foziljonova Sevaraxon Baxodirjon qizi – Andijon san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Aliyeva Gulnoza Akramovna – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

Raimqulova Mohigul Dadajon qizi – Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

Nizamova Mohidil Maxmud qizi – Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Xolbutayeva Dilfuza Sharofiddinovna – Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Voqqosova Gulira’no Davronboy qizi – Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on ijtimoiy-iqtisodiyot va sport kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi – Samarqand viloyati Pastdarg‘om politexnika kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

G‘oziyeva Nodira Rustam qizi – Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi

Shoyimova Komila O‘rol qizi – Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi

Raimqulova Zulxayo Xikmatilla qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Mamajonova Zulfiyaxon Mirkomil qizi – Farg‘ona viloyati Quva pedagogika va iqtisodiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Ismailova Ozoda Anvarovna – Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi

Botirova Aziza Xamidovna – V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн