Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik muhokama qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 161           Дата: 5-03-2016, 23:25          
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati ma’lum qildi.

Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik muhokama qilindi

Muhokama jarayonida Kengash a’zolari tomonidan ta’kidlab o‘tilganidek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasidagi eng muhim talab fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etilishidan, raislar va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar bilan fuqarolarni batafsil tanishtirishdan iborat.

Masalani muhokama qilish yakunlari bo‘yicha oldingi saylovlar tajribasi va qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda, Kengash “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qilib, unda saylovni o‘tkazish muddatini belgiladi, saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi, saylov byulletenlari namunalarini tasdiqladi.

Shuningdek, Kengash tomonidan saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tuzildi va uning tarkibi tasdiqlandi. Komissiya tarkibiga parlament palatalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, boshqa vazirlik va idoralarning vakillari kiritildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031