Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tengi yo‘q sovg‘aning 8 ta retsepti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 006           Дата: 5-03-2016, 12:02          
Ancha vaqtdan buyon do‘stlaringiz, hamkasblaringiz, yaqinlaringiz va qarindoshlaringizga quvonch hadya etish istagida yurgan bo‘lsangiz – e’tibor ko‘rinishidagi sovg‘a ayniqsa samimiy qabul qilinishiga shubha yo‘q. Kishi bahorning go‘zal bayramlari arafasida sovg‘a orqali o‘z sevgisi va hurmatini qay yo‘sinda ifoda etishning yo‘llari ustida ko‘p mulohaza yuritadi. Upalar, gullar va shirinliklar… Ushbu turdagi sovg‘alar, ko‘p jihatdan, “retro” deya ifodalana boshlandi. Bugungi kunga kelib, shunchaki sovg‘a emas, balki betakror tuyg‘ularni hadya qilish orqali yaqinlaringiz orasida shuhrat qozonish imkoni paydo bo‘ldi. Kreativ va ekstremal sovg‘alardan tashqari shunday sovg‘alar borki, ularni “janr klassikasi” deb atash bilan birgalikda zamonamizning eng diqqatga sazovor sovg‘alaridan biri deb talqin qilish mumkin.

Tengi yo‘q sovg‘aning 8 ta retsepti

“Ayol ko‘ngli nimalarni tusaydi” degan savol ustida hali hamon tortishuvlar davom etmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ayol xohishlari ro‘yxatida, eng avvalo, go‘zallik va go‘zallikka intilish turadi. Shuning uchun go‘zallik sovg‘alari doimo dolzarbligicha qolaveradi. Spa-salonga borib o‘ziga zeb berish — istagan yoshdagi ayolni befarq qoldirmasligi aniq. Buning ustiga, hozirgi kunda “qalb va badan uchun” yo‘nalishida taklif etilayotgan muolajalarning son-sanog‘i yo‘q va har kim o‘ziga mos muolajalar ko‘rinishini va sifatini tanlashda cheklanmaganligi ham kuzatilmoqda. Bularning barchasi go‘zal qiz va ayollarimizga betakror tuyg‘ularni hadya qilmay qolmaydi.

Romantik kayfiyat uchun sevgilingizga antiqa uchrashuv, otlarni minib sayil qilish, istagan mavzuda fotosessiyani uyushtirish kabi ajoyib sovg‘alarni tuhfa qilishingiz mumkin. Bunday sovg‘alar orangizdagi munosabatlarni yanada uyg‘unlashishiga ko‘mak beradi.

Tengi yo‘q sovg‘aning 8 ta retsepti

Ko‘plab ayol va qizlarimiz chevarchilik, rassomchilik, matolarni bo‘yash va naqsh chizish yoki kulolchilik bo‘yicha master-klasslarda ishtirok etishni xush ko‘radilar. Cheksiz tanlovlar uzra ayollarimiz holatini tushunish hech gap emas. Va tan olish kerakki, to‘qish uchun spitsa yoki iplarni hadya qilishdan ko‘ra, ijodiy jarayonda ishtirok etish fursatini taqdim etish bilan teng keladigan sovg‘aning o‘zi yo‘q. Ekstrim hamda o‘tkir hissiyotlarga berilishni xush ko‘radiganlar uchun esa havo sharida yoki paraplanda uchish, parashyut bilan sakrash ayni muddaodir.

Korporativ yo‘nalish

Shuni tan olish kerakki, yaqinlaringizga sog‘va tanlashdan ayol hamksablar diliga yoqadigan sovg‘a tanlash mushkulroqdir. Korporativ sovg‘alar orasida, bugungi kunda, bir vaqtning o‘zida bir necha sovg‘alardan tashkil topgan multi-paketlarga talab katta. Ayol hamkasblar ushbu paketlardan o‘zlari istagan sovg‘ani tanlash imkoniga egadirlar. Kundalik yumushlar qurshovidan ozod bo‘lib, badan massaji muolajasi va badan terisini namlantiruvchi va ozuqalantiruvchi kremlar va boshqa vositalar ishlatishni qaysi ayol orzu qilmaydi, deysiz? Aslida bozorimizda ayollarimiz uchun mo‘ljallangan sovg‘alarning soni cheksiz. Ularni faqat tanlay olib, tuhfa qilish mahoratini hozirdan qo‘lga kiritish kerak.

Tengi yo‘q sovg‘aning 8 ta retsepti

“Korporativ yo‘nalishdagi sovg‘alarni tanlashda bizning kompaniya har bir kishi uchun o‘zi istagan sovg‘ani yoki xizmatni tanlash imkonini beruvchi variantlarni taklif etadi. Bunda biz ma’lum bir xizmat turlarini o‘z ichiga olgan ‘Multi-sertifikatlar’ni yaratishga qaror qildik. Bugungi kunda ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi sovg‘alarni hadya qilish ko‘pchilikka erish yoki tushunarsiz tuyulishi mumkin. Ammo bizdan bir marotaba bo‘lajak tuhfani xarid qilgan kishi yana qaytib kelishi aniq. Ayni damda doimiy mijozlardan iborat bazamiz yaratilgan va ularning soni kundan kunga ortib bormoqda”, — deydi “vPodarok.uz” loyihasining rahbari Mariya Kurchastova.

Hozirda “Ray na zemle” ekzotik massajlar dasturi, “Shelkovoye prikosnoveniye” — badanni aromatik gommajlash, “Absolyutnaya garmoniya” — spa-salonida bir kun, Tropik kapalaklar uyida “Porxayushchaya nejnost” romantik uchrashuvi, “Lyubov na visote” — binoning eng ustki qismida romantik uchrashuv, “Uyutniy podarok” — shahardan tashqaridagi kottejda oilaviy dam olish va hokazolar mavjud.

Tengi yo‘q sovg‘aning 8 ta retsepti

Taassurot qoldiruvchi sovg‘alarning narxiga kelsak, ular barcha uchun birdek ma’qul kelishiga ishonchimiz komil. Masalan, multi-taklifni 80 000 so‘m boshlang‘ich narxda xarid qilish mumkin va ularni tuzishda mijozning bevosita ishtiroki ta’minlanadi. Kompaniyada, shuningdek, moyillik kartalari ham mavjud bo‘lib, ular 2016-yilning 8-martiga qadar barcha mijozlarga tarqatiladi. Hamkorlar uchun esa chegirma va ballar yig‘ish kartalari tarqatiladi. “vPodarok.uz” loyihasining eng katta ajoyiboti — sovg‘a sertifikati tushunchasini tubdan yangi ko‘rinishda namoyish etuvchi rangli ustki qadoqdir.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031