Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoy matbuoti: “ShHT rivojlanishida O‘zbekiston muhim o‘rin tutadi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 765           Дата: 5-03-2016, 12:02          
O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilayotgani jahon ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida turibdi, deb yozadi O‘zA. Masalan, yaqinda Xitoyda nashr etiladigan “Dunfan Szabao” (“Sharq tongi”) gazetasida ushbu mavzuga bag‘ishlangan salmoqli maqola bosilib chiqdi.

Xitoy matbuoti: “ShHT rivojlanishida O‘zbekiston muhim o‘rin tutadi”

Unda muallifning — gazeta xalqaro yangiliklar departamenti direktori Vey Sinning qayd etishicha, O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati hamda mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha izchil sa’y-harakatlari tufayli mamlakatning xalqaro obro‘-e’tibori yil sayin ortib bormoqda. Respublika nufuzli xalqaro tizimlar, shu jumladan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratmoqda.

Maqolada ShHT tashkil topishi va rivojlanishida O‘zbekiston tutgan o‘ringa yuqori baho berilgan. Ma’lum qilinganidek, ushbu tizimning asoschi mamlakatlaridan biri hisoblanadigan O‘zbekiston hozirgi paytga qadar tashkilotga ikki marotaba — 2003—2004 va 2009—2010-yillari raislik qilgan. Jurnalist ta’kidlaganidek, aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan ShHT faoliyatini takomillashtirish, turli yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risidagi ko‘pgina muhim hujjat va qarorlar qabul qilingan.

“O‘zbekiston raisligi davrida — 2010-yilning aprelida muhim tarixiy voqea ro‘y berdi: BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Toshkentga buyurgan tashrifi chog‘ida BMT va ShHT kotibiyatlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Bu qaror dolzarb masalalarning hal etilishida birgalikdagi sa’y-harakatlar uchun mustahkam zamin yaratgani holda ikki tashkilotning rasmiy hamkorligini boshlab berdi”, — deb yozadi Vey Sin.

Xitoylik sharhlovchi qayd etganidek, 2015-yil 11-iyul kuni ShHT raisligi navbati yana O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi. Tashkil topganining 15 yilligi nishonlanadigan joriy yilda mazkur tashkilot o‘z faoliyatida istiqbol uchun ko‘zda tutgan rejalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish yuzasidan mas’uliyatni yanada oshiradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн