Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zgidromet”: Yakuniga yetgan qish meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 386           Дата: 4-03-2016, 19:25          
O‘tgan qish O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi. Bu haqda, “O‘zgidromet” ma’lumotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

“O‘zgidromet”: Yakuniga yetgan qish meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi

Xabar berishlaricha, havo harorati ushbu faslning me’yordagi ko‘rsatkichlaridan Selsiy bo‘yicha 4,2 darajaga balandroq bo‘lgan.

Mamlakat hududida uzoq muddat saqlangan, ayniqsa fevralda yaqqol sezilgan iliq va quruq ob-havo janubdan — Eron hududidan iliq va quruq havoning intensiv tarzda kirib kelishi bilan izohlanadi. Qishning oxirgi oyida havo harorati me’yoridan 5,6 daraja yuqoriroq bo‘ldi.

So‘nggi 15 yil davomida fevralning iliq kelishi tez-tez kuzatilmoqda — Toshkentda har uch fevralning ikkitasida o‘rtacha oylik harorat me’yordan 3—4 daraja oshadi, 2004- va 2006-yillarda va joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 5 darajaga teng bo‘ldi.

Mart oyining boshida O‘zbekistonda quruq va juda iliq ob-havo hukm surmoqda. Havo harorati kechasi +7…+12 darajani, kunduzi — +20…+25 darajaga yetmoqda. 6—8-mart kunlari ba’zi joylarda harorat +27 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

“O‘zbekistonda bahorning boshlanishi beqaror ob-havo va haroratning sezilarli o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Yog‘ingarchiliklar yomg‘ir shaklida kuzatiladi, ammo martda bir-ikki marta qor yog‘ishi deyarli har yili bo‘ladi. Bu respublika hududining iqlimiy o‘ziga xosliklari bilan izohlanadi”, — dedi O‘zgidromet vakili.

Martda mo‘tadil kengliklar frontal zonasi hali ancha faol bo‘lib, u orqali O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan, kam hollarda Uraldan, ba’zan hatto G‘arbiy Sibirdan sovuq havo kirib keladi. Shu bilan birga, martda bahorgi keskin isish bilan bog‘liq bo‘lgan janubiy jarayonlar faollashadi. Mart oyida odatda havo harorati kechasi -3…+2 dan +5…+10 gacha, ertalab +5…+10 dan +20…+25 gacha o‘zgarib turadi. Eng iliq kelgan yillarda havo ertalab +33…+35 darajagacha ko‘tarilgan. Martdagi haroratning mutlaq maksimumi +32,5 daraja bo‘lib, 1971-yilning 16-martida qayd qilingan.

Mart havo sharoitlariga ko‘ra qay darajada qiyin kelishi mumkinligiga o‘tgan yil yaqqol misol bo‘la oladi. 2015-yil marti oxirida respublika hududiga kutilmaganda Uraldan o‘ta sovuq havo oqimi kirib keldi. 29—31-mart kunlari O‘zbekistonning ko‘p qismida asosan qor shaklida yog‘ingarchilik kuzatildi. Iqlim keskin tushib ketdi, havo harorati kechasi -2…-7, ba’zi joylarda -8…-10 gacha, ertalab esa 0 darajani tashkil qildi. Bu so‘nggi 50 yildagi eng sovuq mart oyi oxiri bo‘ldi. 30—31-martda mamlakatning ko‘p qismida shu davr uchun kuzatilgan mutlaq sovuq harorat minimumi yangilandi. 31-martda Toshkentda ob-havo butun kuzatuvlar tarixidagi harorat minimumidan 4,5 darajaga sovuqroq bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031