Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Muslimbek Yo‘ldoshev: Rahmatilla Mirzayevning qalblarimizda o‘chmas o‘rni bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 019           Дата: 1-03-2016, 22:50          
Suxandon Rahmatilla Mirzayev fojiali tarzda olamdan o‘tganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev hamkasbi bilan bog‘liq xotiralarini yodga oldi. Uning xotiralari “Diktor.uz” saytida e’lon qilindi.

Muslimbek Yo‘ldoshev: Rahmatilla Mirzayevning qalblarimizda o‘chmas o‘rni bor

Ushbu xotiralarda, jumladan, marhum suxandonning hayot yo‘li, televideniyega kirib kelishi yodga olinadi.

“Rahmatilla Mirzayev Toshkentning ‘Qashqar’ mahallasida tug‘ilgan. O‘rta maktabdan so‘ng bugungi Toshkent madaniyat va san’at institutining aktyorlik bo‘limiga kirib o‘qigan. 1976-yili u televideniyeda o‘tkazilgan diktorlar tanlovida ishtirok etib, yuzlab nomzodlar ichida g‘oliblar qatorida ishga qabul qilingan. Rahmatilla Mirzayev juda tez elga tanila boshladi. Ayniqsa uning ikki tilda erkin ishlay olishi o‘sha davrning asosiy talablaridan ediki, u suxandonga keng imkoniyatlar eshigini ochardi”.

Muslimbek Yo‘ldoshev: Rahmatilla Mirzayevning qalblarimizda o‘chmas o‘rni bor

Muslimbek Yo‘ldoshev Rahmatilla Mirzayevning ovoz tembri favqulodda yoqimli bo‘lganini e’tirof etadi.

“‘Axborot’da ham, qator boshqa ko‘rsatuvlarda ham eshituvchilarga ma’qul bo‘ladigan, ‘mikrofonbop’ edi. U ovoz bergan hujjatli kino-video filmlar juda ko‘rimli bo‘lardi. Nazarimda, uning o‘zi ham, tele-radio rejissorlar ham bu imkoniyatdan to‘la foydalanishmadi. Garchi, yuzlab filmlarda uning ovozi muhrlangan bo‘lsa-da, bu, mening nazarimda, juda kam. Axir, birgina radioning o‘zida qancha ijod namunalarini ‘oltin fond’ga yozdirib tashlash mumkin edi!

U juda kirishimli edi. Latifago‘y, qiziq-qiziq voqealarga o‘ch, kulguni, hazilni yaxshi ko‘rardi. Hozirjavob edi. Xushchaqchaq paytlarida unga yetadigan hamsuhbat yo‘q edi. Hayqirib, yayrab kulardi. U ochiq odam edi. Agar kimdandir norozi bo‘lsa, o‘sha odam haqida jo‘yali biror gapi bo‘lsa, o‘ziga ochiq aytardi. Dangalchi edi, desa ham bo‘ladi. Men uni tanigan paytimda yonida bo‘lgan do‘stlari bilan so‘nggi paytlargacha ham aloqalari yaxshi edi. Ular qaysi soha egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, bordi-keldilari uzilmagan edi. Tabiiyki, bu ham yaxshi fazilatlardan bo‘lib, u odamning fe’l-atvori o‘zgarmas, subutliligidan xabar beradi”.

Muslimbek Yo‘ldoshev: Rahmatilla Mirzayevning qalblarimizda o‘chmas o‘rni bor

Marhum suxandon ma’lum vaqt televideniyeda ko‘rinmay qoldi. Buning sabablarini Muslimbek Yo‘ldoshev shunday izohlaydi:

“Qiziqqonligi o‘ziga pand berib qoldi. Kimlarningdir aybi uchun, birovlar o‘z zimmasidagi ishini vaqtida bajarib qo‘ymagani uchun, Rahmatilla Mirzayev javob berishiga to‘g‘ri keldi. Efirdagi kichikkina — birov bilib, birov bilmay qolgan harakati uchun uch yil yaxshi ko‘rgan ishidan chetlatib qo‘yildi. Aslida birlamchi xato uchun u javobgar emasdi. Biroq, efir buni tushunmadi”.

Rahmatilla Mirzayev fojiali o‘lim topganidan so‘ng uning oilasi bilan bog‘liq turli ovozalar tarqaldi. Bu haqda Muslimbek Yo‘ldoshev shunday deydi:

“Men uni qanchalik bilsam, oilaparvar deb bilardim. Chunki, topgani oilasiga, qizi va o‘g‘liga atalgan edi. Eng avval, zamonaviy, yangi kvartiraga ko‘chib o‘tishdi. Keyin uni katta ta’mirdan chiqardi. Mashinalik bo‘lishdi. Va nihoyat, dang‘illatib uy ham qurishdi.

Nimadir o‘xshamagan, qaysidir mo‘ljal to‘g‘ri olinmagan ekan shekilli, keyingi hayotlarida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Biz, oddiy odamlar, kezi kelganda nafaqat hamkasblarimizning, balki tug‘ishgan jigarlarimizning ham oilasidan nimalar o‘tayotganini bilolmaymiz. Eshitganimizda esa, kech bo‘lgan bo‘ladi. Har qalay, Rahmatilla Mirzayev na menga va na diktorlar guruhidagi boshqa birovga oilasidan shikoyat qilganini eshitmaganman, guvoh bo‘lmaganman.

Bugun rosa bir yil bo‘libdiki, Rahmatilla Mirzayev oramizda yo‘q. Ammo bu degani o‘rni ham yo‘q degani emas. Do‘stlari, yaqinlari, hamkasblari va shogirdlari qalbida uning o‘chmas o‘rni bor. O‘shalar bor ekan, Rahmatilla Mirzayev ham safda bor”.

Muslimbek Yo‘ldoshev: Rahmatilla Mirzayevning qalblarimizda o‘chmas o‘rni bor

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 2-mart kuni Rahmatilla Mirzayev o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Q. Shoazizov va U. Mirzayevga nisbatan ayblov e’lon qilindi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн