Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

1-martdan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarida ko‘zda tutilgan eng muhim o‘zgarishlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 002           Дата: 1-03-2016, 00:00          
1-martidan boshlab O‘zbekiston hududida yangi tahrirdagi Yo‘l harakat qoidalari kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “Carzone.uz” nashri haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalarga nisbatan amalga qiladigan eng muhim yangi tartib va qoidalarni yodga olib o‘tdi.

1-martdan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarida ko‘zda tutilgan eng muhim o‘zgarishlar

1-martdan boshlab haydovchilar:

  • harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni harakat vaqtida tanani avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi (qo‘lni chiqarish bunga kirmaydi);
  • yo‘lovchilarga xavfsizlik kamarini taqib olish shartligini aytishi;
  • ko‘p qavatli uylar orasida avtomobil tezligini 30 km/soatdan oshirmasligi;
  • o‘zi bilan birga nur qaytaruvchi nimcha olib yurishi;
  • tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, mototsikl va mopedlarda kunning yorug‘ paytida harakatlanayotganda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurishi;
  • dvigatel ish hajmi 50 kub santimetrdan katta, tezligi 50 km/soatdan ortiq bo‘lgan kvadrotsikl, skuter va elektroskuter kabilarni davlat raqami va haydovchilik guvohnomasisiz boshqarmasligi;
  • “A” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o‘qiyotganlarning yoshi o‘qishni bitirish vaqtida 16 yosh, “B” va “C” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishga o‘qiyotganlarning yoshi o‘qishni bitirish vaqtida 18 yosh, “D” va tramvay, trolleybusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o‘qiyotganlarning yoshi o‘qishni bitirish vaqtida 21 yosh bo‘lishi shart.

Piyodalarga yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotganda telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni ko‘rish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish, hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi orqali ta’minlanadi. Toshkent yo‘llarida avtomobilni boshqarish vaqtidagi qoidabuzarlik foto va videofiksatsiya tizimi orqali qayd etilsa, mazkur holat yuzasidan transport vositasi egasi tegishli tartibda jarimaga tortiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031