Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish asoslari va uni rasmiylashtirish tartibiga o‘zgartish kiritildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 413           Дата: 29-02-2016, 11:26          
2016-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi Farmon (pdf)ga imzo chekdi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida ma’lum qildi.

O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish asoslari va uni rasmiylashtirish tartibiga o‘zgartish kiritildi

Farmonga ko‘ra, 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish asoslari va uni rasmiylashtirish tartibi” nomli 4-bo‘lim yangidan tahrirlandi. Yangi tahrir natijasida quyidagi asosiy o‘zgartirishlar kiritildi:

  • Eng avvalo ayrim atamalar zamonaviy qonunchilik texnikasiga moslashtirildi. Masalan, “ajnabiy davlat” atamasi “chet davlat”ga, “yustitsiya organlari” atamasi “adliya organlari” atamasiga o‘zgartirildi.
  • 2015-yil 10-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritilgan, unga ko‘ra, agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin. Nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yuqoridagi holatlar sodir etilganda, fuqarolikni yo‘qotish qanday tartibda rasmiylashtirish belgilandi.
  • Huquqshunos eslatishicha, quyidagi asoslar bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin:

    • shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
    • agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
    • agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
    • agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa.
    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031 

    Мы Онлайн