Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Umra safaridan qaytayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 911           Дата: 28-02-2016, 13:54          
Saudiya Arabistonida umra ziyoratini ado etib bo‘lgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar belgilangan jadval bo‘yicha O‘zbekistonga qaytayotgani haqida avval xabar berilgan edi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborotiga ko‘ra, xursandchiligi cheksiz o‘zbekistonlik umrachilar o‘z minnatdorliklarini yozma ravishda ifoda etmoqda.

Umra safaridan qaytayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi

Jumladan, Toshkent shahri 1—3-guruhlari hojilari nomidan kelgan maktubda shunday deyiladi:

“Avvalo, Alloh taologa bizlarni shu yerga musharraf aylagani uchun behisob hamdu sanolar bo‘lsin. Istiqlol sabab din borasida keng imkoniyatlar ochildi. Har yili Haj va Umra ibodatlarini emin-erkin ado etish uchun diyorimiz ziyoratchilariga keng sharoitlar yaratib berilmoqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga rahmatlar aytamiz. Chunki podshosi odil yurt xalqining hayoti farovon, ibodati komil bo‘ladi. Bugun ota-bobolarimiz orzu qilib o‘tgan Umra amallarini bajarish baxtiga muyassar bo‘ldik. Bu yerdagi ishlarni yuqori darajada tashkil etgan ishchi guruhi, shifokorlar va guruhimiz rahbariga alohida minnatdorlik bildiramiz. Ularning biz keksa ziyoratchilarga bergan yordamlari juda ham ulkan bo‘ldi”.

Toshkent viloyati 1-guruh hojilari esa o‘z dil izhorlarini quyidagicha ifodalagan:

“Hurmatli ‘Umra–2016’ mavsumini tashkil etgan barcha rahbarlar, mas’ullar va ijrochilar! Biz, Toshkent viloyati 1-guruh ziyoratchilari sizlar tomoningizdan tashkiliy ishlarning juda yaxshi darajada ado etilganini ko‘rib, ko‘zimiz quvonib, dilimiz yayrab ketmoqda. Bizlarga Umra amallarini bekamu-ko‘st, qiyinchiliklarsiz bajarishimizga yaqindan yordam berdingiz. Ayniqsa, yosh, lekin tajribali mutaxassislarni guruh rahbari qilib biriktirganingiz ayni muddao bo‘libdi. Ularning oyoq-qo‘li chaqqon bo‘lishi bilan bir qatorda, o‘z sohasining bilimdoni ekaniga amin bo‘ldik. Barchangizga o‘zimizning katta minnatdorligimizni bildirib, haqingizga duoi xayrlar qilamiz”.

Farg‘ona viloyati 3-guruh ziyoratchisi, mehnat faxriysi, 72 yoshni qarshilagan Abdumajid ota Hamdamovning quyidagicha fikr bildirgan:

“Bilasizlar, Harami sharifda odam ko‘p, bir soniyaga e’tiboringizni yo‘qotsangiz o‘z guruhingizdan ajralib qolishingiz turgan gap. Bunday vaziyatga tushib qolgan paytimda Vatanimiz bayrog‘i mavjud maxsus tikilgan nimchalardagi uch-to‘rt kishini ko‘rdim-u, qalbimda umid nishonalari uyg‘onib, ko‘zimga bilinar-bilinmas yosh keldi. Yuragimdan mamlakatimiz bayrog‘i naqadar chiroyli va maftunkor ekanini his qildim, ichimdan faxr tuyg‘usi uyg‘ondi.

Mehmonxonalarda yaratilgan sharoitlar, dush, vanna, yumshoq o‘rindiqlar, konditsionerli xonalar, Harami-sharifga borib-kelishda o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun maxsus davlatimiz bayrog‘i aks etgan avtobuslarning yo‘lga qo‘yilgani bizlarga safar qiyinchiliklarini sezdirmadi. Har kuni uch mahal o‘zimizning milliy ovqatlarimizni tayyorlangan oshpazlarimiz, havo almashinuvi va shu bilan bog‘liq boshqa o‘zgarishlarni sezdirmaslik uchun Vatanimizdan kelgan shifokorlar guruhi, tashkil etilgan tibbiy markazlar bizlarda uchrashi mumkin kasalliklarni oldini olishga yordamlashdi.

Xullas, safarimiz yakunlanib, Vatanimizga oshiqqanim sari men go‘zal diyorim, mahallam, oilamni va albatta bayrog‘imizni naqadar qattiq sevishimni anglab yetmoqdaman. Mening bu ziyoratim ibodatga to‘la bo‘lishi bilan bir qatorda Vatanim, O‘zbekistonim va bayrog‘im bilan faxrlanishimni menga bildirdi. Ushbu safarim mening xotiramda bir umr qoladi”.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн