Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda turli banklarning kartochkalari o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 958           Дата: 27-02-2016, 07:50          
O‘zbekistondagi jismoniy shaxslar 2016-yil 1-martdan boshlab o‘z plastik kartochkasidagi mablag‘larni boshqa bir jismoniy shaxsning istalgan bank tomonidan berilgan plastik kartochkasiga bepul o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda, “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, Markaziy bankning Pul muomalasi departamenti direktori o‘rinbosari Faxriddin Boboyevga asoslanib, MB matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonda turli banklarning kartochkalari o‘rtasida pul o‘tkazish mumkin bo‘ldi

“Buni oddiy qilib aytsak, A bankning mijozi o‘z plastik kartochkasidagi pullarni B bankning mijozi bo‘lgan shaxs plastik kartochkasiga istalgan hududda o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Hozirga qadar bu tarzda, ya’ni bir bankning mijozi ikkinchi bir bank mijoziga pul o‘tkazishi texnik sabablarga ko‘ra amalga oshirilmas edi”, — dedi Boboyev.

Mazkur o‘zgarishlar Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 1-martdan kuchga kiradigan mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda amal qilishi lozim bo‘lgan tariflarning yangi rejasida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi (9 foiz)dan kam bo‘lmagan miqdorgacha oshirildi. Bungacha plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lar banklar tomonidan MB qayta moliyalash stavkasining yillik 1 foizi miqdorida kapitallashtirilar edi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar plastik kartochkalarining (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar, shu jumladan korporativ kartochkalar) foydalanish muddati tugaganda qayta emissiya qilishda (almashtirishda) bank xizmati haqi undirilmasligi tarif rejasida qat’iy belgilab qo‘yildi.

Yangi tariflardagi bir qator o‘zgarishlar yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatiga daxldordir. Xususan, ular uchun korporativ plastik kartochka chiqarilganda, bank xizmati haqi MB kursi bo‘yicha 20 yevrodan 5 yevrogacha pasaytirildi (ilgari bu miqdor mijoz bilan kelishuv asosida 20 yevrogacha etib belgilangan edi), yaroqsiz yoki yo‘qolgan korporativ kartochkalar yangisiga almashtirib berilayotganda bank 10 yevrogacha (ilgari 25 yevrogacha) xizmati haqi undiradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн