Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchilarga viloyatlarda texnik xizmat stansiyalarini tashkil etish majburiyati yuklanishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 036           Дата: 26-02-2016, 09:00          
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Norma.uz” sayti yozmoqda.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchilarga viloyatlarda texnik xizmat stansiyalarini tashkil etish majburiyati yuklanishi mumkin

Loyihaga muvofiq, 2017-yilning 1-yanvaridan e’tiboran M1 (yo‘lovchi tashuvchi, haydovchidan tashqari, sakkiztadan ortiq o‘ringa ega bo‘lmagan transport vositalari) va N (yuk tashishda qo‘llanadigan transport vositalari) kategoriyalaridagi avtomobillar (maxsus vositalardan tashqari) faqat O‘zbekistonning mintaqalarida ularga va avtotransport vositalarini ta’mirlash talablariga javob beradigan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin bo‘ladi.

Agar hujjat qabul qilinsa, Ichki ishlar vazirligi 2017-yilning 1-yanvaridan yangi avtotransport vositalari realizatsiyasi uchun bildirgi-hisob blankalarini faqatgina ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilingan taqdirdagina taqdim etadi.

Loyihadan M1 va N kategoriyalaridagi avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash stansiyalariga qo‘yiladigan umumiy talablar o‘rin olgan.

Ularga ko‘ra, stansiyada malakali xodimlar va tasdiqlangan struktura, avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchisi yoki importchisi bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma bo‘lishi talab qilinadi.

Bundan tashqari, stansiyada quyidagilar bo‘lishi lozim:

  • kamida 2 ta texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mir uchun jihozlangan post;
  • ish diagnostikasini o‘tkazish, mashina yuvish posti va transportni ko‘tarish uskunasi uchun maydon;
  • postlarning 50 foizi ta’mir chuqurlari va ko‘tarish uskunalari bilan jihozlanishi;
  • umumiy va lokal ventilyatsiya tizimlari;
  • stendlar, elektrli ishlar, maxsus asbob-anjomlar hamda moylash va ekspluatatsiya materiallari, agregatlar ta’miri uchun maydonlar;
  • mijozlarga tez ko‘mak berish uchun texnik yordam mashinasi;
  • M1 kategoriyasidagi mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalarda kamida 30 kvadrat metr,
    N kategoriyasidagi mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalarda kamida 50 kvadrat metr hududda ehtiyot qismlari ombori;
  • ehtiyot qismlari olish va topshirish uchun maydonlar, shuningdek, ularni iste’molchilarga sotish uchun do‘kon;
  • transportni ta’mirlash uchun qabul qilish zonasi (unda mijoz qo‘shimcha konsultatsiya olishi mumkin), shuningdek, mijoz ta’mir tugashini kutadigan maxsus joy;
  • servis-menejer ofisi;
  • servis-menejerlar, mexaniklar, elektriklar, murakkab texnik muammolarni hal qiluvchi mutaxassislar, amalga oshirilgan ishlar sifatini nazorat qiluvchi, mashina ishlab chiqaruvchisining asosiy ta’lim kursidan o‘tgan va sertifikatini olgan mutaxassis;
  • transport vositasiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asosiy jihozlar va asboblarning minimal ro‘yxati;
  • ehtiyot qismlarini uzluksiz buyurtma qilish tizimi.

Qaror loyihasi muhokama qilinmoqda, u o‘zgartirilishi, tahrirdan o‘tkazilishi yoki rad etilishi mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн