Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston fuqarolari 54 davlatga vizasiz bora oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 082           Дата: 26-02-2016, 09:00          
Henley & Partners xalqaro kompaniyasi dunyodagi 200 dan ortiq davlatlar va hududlarning viza qonunchiligini o‘rganib chiqib, shuning asosida viza cheklovlari reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi “Norma.uz”.

O‘zbekiston fuqarolari 54 davlatga vizasiz bora oladi

Reytingda Germaniya yetakchilik qilmoqda: uning fuqarolari qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 177 davlatda bo‘la oladi. Ikkinchi o‘rinda Shvetsiya (176) bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniya bir xil natija (175) bilan bo‘lishib oldi.

Reytingga Somali, Pokiston, Iroq va Afg‘oniston yakun yasadi.

O‘rta Osiyo respublikalari ichida eng yaxshi natija Qozog‘istonga tegishli – 71-o‘rin. Qirg‘iziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 88-o‘ringa qo‘yildi.

Reytingda O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi: uning fuqarolari jahonning 54 davlatiga vizasiz borish huquqiga ega.

Quyida O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz bo‘lgan davlatlar ro‘yxati keltiriladi.

Shimoliy va Lotin Amerikasi:

  • Dominika – 21 kun;
  • Barbados – 28 kun;
  • Antigua va Barbuda – 1 oy;
  • Sent-Vinsent va Grenadinlar – 1 oy;
  • Ekvador – 3 oy;
  • Gaiti – 3 oy;

Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

  • Boliviya;
  • Yamayka;
  • Nikaragua;

Afrika:

  • Seyshel orollari – 1 oy;
  • Namibiya – 2 oy;

Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

  • Mali;
  • Gambiya;
  • Burundi;
  • Kabo-Verde;
  • Komor orollari;
  • Jibuti;
  • Gvineya-Bisau;
  • Keniya;
  • Madagaskar;
  • Mavrikiy;
  • Mozambik;
  • Togo;
  • Uganda;
  • Zambiya;

Yevropa:

  • Rossiya;
  • Belarus;
  • Armaniston;
  • Gruziya;
  • Kosovo – 90 kun;
  • Moldova – 90 kun;
  • Ukraina – 90 kun;

Okeaniya:

  • Kuk orollari –1 oy;
  • Mikroneziya Federativ Shtatlari – 1 oy;
  • Niue – 1 oy;
  • Tuvalu – 1 oy;
  • Samoa – 60 kun;

Quyidagi davlatga borgandan keyin viza ochiladi:

  • Palau

Osiyo:

  • Qozog‘iston;
  • Malayziya – 30 kun;
  • Turkiya – 30 kun;
  • Qirg‘iziston – 60 kun;
  • Ozarbayjon – 90 kun;

Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

  • Iordaniya
  • Kambodja
  • Laos
  • Livan
  • Makao
  • Maldiv
  • Nepal
  • Shri-Lanka
  • Suriya
  • Tailand
  • Timor-Leshti

Ta’kidlab o‘tish lozim, chet elga chiqish uchun vizalar va ro‘yxatdan o‘tish bo‘limining stikeri zarur bo‘lib, u faqat O‘zbekistonda propiska joyiga ko‘ra qo‘yiladi va chet el hududida 2 yil davomida amal qiladi. Stiker muhlatining o‘tishi bilan chet eldagi pasport haqiqiy hisoblanmaydi. Stikersiz faqat Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston (60 kungacha), Moldova va Ukrainaga borish mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн