Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bojxona qo‘mitasida yangi tahrirdagi Bojxona kodeksiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 927           Дата: 25-02-2016, 13:20          
Davlat bojxona qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda poytaxtda va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida joriy yilning 20-yanvarida tasdiqlangan yangi tahrirdagi Bojxona kodeksiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bojxona qo‘mitasida yangi tahrirdagi Bojxona kodeksiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi

Seminar-treningda Davlat bojxona qo‘mitasining bir qator mutasaddi boshqarmalari vakillari tomonidan mazkur Kodeksning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan zaruratlar, o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari, amaldagi Kodeksdan farqli jihatlari haqida ko‘rgazmali vositalar ko‘magida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur Kodeks konseptual jihatdan amaldagi Bojxona kodeksidan farq qilib, tashqi savdoni rivojlantirish hamda tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona nazorati samaradorligini ta’minlash va mamlakat hududida tovar aylanmasini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvida subyektiv omillarga yo‘l qo‘ymaslik hamda rasmiylashtiruv jarayonlari muddatlarini qisqartirish maqsadida, interfaol xizmatlardan unumli foydalanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etilishining huquqiy asoslari shakllantirilgan, bojxona organlari tomonidan intellektual mulkni himoya qilishning aniq me’yorlari, bojxona ekspertizasidan o‘tkazish tartibi ham o‘z ifodasini topgan.

Tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi. Bu kabi seminar-treninglar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 ta bo‘lim, 59 ta bob va 412 ta moddadan tashkil topgan yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi 2016-yil 21-aprelda kuchga kiradi. Ayni shu sanadan boshlab nafaqat amaldagi Bojxona kodeksi, balki O‘zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ushbu qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham o‘z kuchini yo‘qotadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031