Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Novosibirsklik olimlar jahonda birinchi bo‘lib Amir Temur sarkardalari tarjimai holini tikladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 942           Дата: 25-02-2016, 13:20          
Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti (NDU) mutaxassislari jahon tarixida ilk bor buyuk Amir Temurning eng yaxshi 12 sarkardasi harbiy tarjimai holini tikladi. Bu haqda NDU gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Leonid Bobrov “TASS”ga ma’lum qildi.

Novosibirsklik olimlar jahonda birinchi bo‘lib Amir Temur sarkardalari tarjimai holini tikladi

“Tarixan shunday shakllanganki, jahon fanida nafaqat asosiy istilochi — Napoleon yoki Chingizxon kabilarning shaxsi, balki ularning lashkarboshilari tarjimai hollari ham o‘rganiladi. Napoleonning marshallari, Chingizxonning harbiy qo‘mondonlariga bag‘ishlangan yuzlab ilmiy ishlar bor. Biroq osiyolik eng yorqin qo‘mondon hisoblangan Amir Temurning sarkardalari haqida birorta ilmiy ish tayyorlanmagan”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Bobrovning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ilmiy ishlarning yo‘qligiga, katta ehtimol bilan, aksariyat g‘alabalarga shaxsan o‘zi erishgan Temurning harbiy dahosi uning barcha safdoshlari muvaffaqiyatlarini soya ostida qoldirgani sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, Temurdan farqli o‘laroq, Chingizxon birinchi navbatda siyosat va davlat arbobi, undan keyin sarkarda edi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir qator harbiy yurishlarni Amir Temur katta ishonch bildirgan harbiy qo‘mondonlar muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

“Bu — Temur sarkardalarining tarjimai hollarini tiklash bo‘yicha birinchi ilmiy ish. Bu sarkardalar orasida hozirgi zamon harbiylarini ham qiziqtirishi mumkin bo‘lgan haqiqatan-da yorqin qo‘mondonlar bo‘lgan. Ularning tarjimai holi XIV asrdagi Osiyoning eng qudratli armiyasida harbiy fikr qanday rivojlanganini kuzatish imkonini beradi”, — deydi tarixchi.

12 sarkarda

Bobrovning so‘zlariga ko‘ra, Amir Temur sarkardalarini shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh — “sarkarda bo‘lish uchun tug‘ilganlar”, ular haqiqatan iqtidorli bo‘lgan va Amir Temur bu iqtidorni ko‘ra bilgan. Ikkinchi guruh — “lavozim bo‘yicha sarkardalar”, ular Temur safdoshlarining farzandlari bo‘lib, lashkarboshilik va lashkarni ota-bobosidan meros qilib olgan. Uchinchi guruh — “sarkarda bo‘lib tug‘ilganlar”, ya’ni, shaxsan Temurning qo‘lida saboq olgan temuriyzodalar.

Novosibirsklik tarixchilar Temurning eng yorqin 12 safdoshi haqidagi risolalar ketma-ketligini chop etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 2016—2017-yillarda chop etiladigan mazkur chiqishlarning dastlabkisi Jahonshoh-bahodirga bag‘ishlanadi.

“U, ehtimol, Amir Temurning ajoyib sarkardalar guruhidagi eng iqtidorli lashkarboshi bo‘lsa kerak. Uning ‘harbiy dastxati’ni men Suvorov bilan taqqoslagan bo‘lardim. U O‘rtayer dengizidan tortib Irtish daryosi sohillarigacha bo‘lgan hududlarda jang qilgan, har doim Temur bilan yelkadosh bo‘lib, o‘nlab g‘alabalarga erishgan. Oxir-oqibat, siyosiy qarama-qarshiliklar va ayollar bilan bog‘liq nizolar sabab o‘z safdoshining qo‘lida halok bo‘lgan”, — deydi Bobrov.

Olimning qo‘shimcha qilishicha, uning sarkardalar haqidagi mazkur ilmiy ishi o‘zbek va qozoq tarixchilari uchun qiziq bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Temur bilan safdosh bo‘lgan sarkardalarning urug‘lari hozirgi qadar O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida istiqomat qiladi.

Taktika bo‘yicha daho

Bobrovning qayd etishicha, nafaqat Temurning sarkardalari, balki uning armiyasi qanday qurollardan foydalangani, harbiy ishni qanday tashkil etgani, taktika va strategiyalari ham chuqur o‘rganilmagan.

“Biz chop etilmagan materiallar — arxeologik topilmalar, butunligicha saqlanib qolgan qurol-aslaha va sovutlar, XIV asr oxiri — XV asr boshiga taalluqli tengi yo‘q tarixiy yozma manbalar ustida so‘nggi yillarda faol ishladik. Ushbu manbalar Temur qo‘llagan jang olib borish taktikalarini eng mayda detallarigacha qayta tiklash imkonini beradi. Amir Temur qo‘llagan taktika va strategiyalar harbiy san’atda haqiqiy olg‘a siljish bo‘lgan, bu taktikalar ko‘p jihatdan o‘z zamonidan ilgarilab ketgan edi”, — deydi tarixchi.

Amir Temur ishlab chiqqan eng samarali taktik usullardan biri qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism — qumbul (qanbul)lardan foydalanish edi. Bu Chingizxon davridan beri dushmanni qanotdan aylanib o‘tib, mahv etib kelayotgan otliq ko‘chmanchilarga qarshi samarali kurashish imkonini bergan.

Oltin O‘rda ko‘chmanchilari Amir Temur bilan janglarda uning qumbullarini zararsizlantira olmagan. Oqibatda, Amir Temur Oltin O‘rdaga hal qiluvchi zarbani berib, shu bilan Rusning mo‘g‘ul-tatar tutqunidan qutulishiga bilvosita ta’sir qilgan.

Bobrovning so‘zlariga ko‘ra, novosibirsklik tarixchilar olti yildan beri Amir Temur armiyasini o‘rganmoqda va to‘rt yildan so‘ng miqyosi katta bo‘lgan monografiyani chop etishni maqsad qilgan. Bu, ta’kidlashlaricha, Amir Temur tomonidan asos solingan saltanatning armiyasi va harbiy faoliyatini qamrab olgan jahon tarixidagi ilk ilmiy tadqiqot bo‘ladi.

Amir Temur tomonidan O‘rta asrlarda tashkil etilgan Temuriylar saltanati maydoni Qora dengizdan Hindistongacha, Volga daryosi bo‘ylaridan Fors ko‘rfazigacha cho‘zilgan edi. XVI asr boshiga qadar yashagan saltanat poytaxti Samarqand shahri edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031