Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda davlat organlarining “ochiqlik indeksi” e’lon qilib boriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 617           Дата: 24-02-2016, 21:00          
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekistonda davlat organlarining “ochiqlik indeksi” e’lon qilib boriladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda parlament a’zolari, vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari vakillari, olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda mamlakatda 1400 dan ko‘proq ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning oltmish foizga yaqini nodavlat ommaviy axborot vositalaridir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot manbalari ham yildan-yilga takomillashmoqda.

2014-yil 5-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlarda muhim huquqiy asos bo‘layotir.

Seminar ishtirokchilari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi bo‘yicha monitoring olib borish va uning baholash usullari bilan tanishtirildi.

– Qonunchiligimizga muvofiq, joriy yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqlik bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish darajasini baholovchi “ochiqlik indeksi” e’lon qilib boriladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev. – Bu jarayonda reyting baholashni tashkil etishda davlat organlarining ommaviy axborot vositalari, fuqarolik institutlari bilan hamkorligi alohida mezon etib belgilandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031