Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jon Kingdan “Jamoaviy ustunlik”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 301           Дата: 24-02-2016, 21:00          
Kompaniya rivojida jipslashgan guruhning naqadar muhim rol o‘ynashi haqida ko‘p gapirilgan. Jamoani boshqarishda zarur vositalarni qo‘llay olish, xodimlarning salohiyatini aniqlash va uni ochish, ularning kompaniyadagi o‘rni va foydaliligini to‘g‘ri baholay olish – bu, muvaffaqiyatli rahbar ega bo‘lishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalarning bir nechasi xolos.

Jon Kingdan “Jamoaviy ustunlik”

Korporativ madaniyatni shakllantirish bo‘yicha mashhur kouch va ekspert Jon King, guruhda o‘zaro ta’sirning barcha mavjud oltin qoidalarini guruh ustunligi konsepsiyasida izohlab berdi. Unga ko‘ra, umumiy dunyoqarash orqali birlashgan va “birgalikda kuchmiz, yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas” qabilidagi qoidalar bilan o‘ynaydigan barcha xodimlar kompaniya faoliyatining ichki jarayonlariga teng darajada ta’sir ko‘rsata oladilar.

Seminar ikki qismdan iborat bo‘ladi: nazariy va amaliy. Nazariy qism doirasida mashhur kishilarni ajratib turuvchi kommunikatsiya va o‘zaro ta’sir tamoyillari, hamda ongli eshitish qay tarzda maksimal natijalarga erishishga ko‘maklashuvi mumkinligiga doir misollar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, Jon King kishilarning boshqalar to‘g‘risida fikrlashda keng tarqalgan xatoliklar, yanglish hukm chiqarishlar, hamda umumiy shaxsiy qadriyatlarining va ularni munozara davomida bayon etishning muhimligi haqida so‘zlab beradi.

Seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar Jon King bilan birgalikda interaktiv shaklda — ma’ruzachi ilgari maslahat ishlarini yuritgan yetakchi kompaniyalarning eng namunali keyslarini ko‘rib chiqadilar.

Seminar kim uchun foydali? Quyidagilarga tayyor bo‘lganlar uchun:

  • biznesni boshqarishning nozik sozlanmalarini tatbiq etish;
  • katta ambitsiyali loyihani ishga tushirish;
  • jamoani “qayta sozlash” va kompaniya o‘sishi uchun mustahkam asosni hosil qilish;
  • eng sara natijalarga erishish uchun jamoaning bebaho salohiyatini maksimal tarzda samarali qo‘llash.

Trening davomida qaysi mavzularga urg‘u beriladi?

  • Noaniqlik sharoitlarida kishi o‘zini-o‘zi va jamoa orqali qanday boshqarishi mumkin;
  • Jamoa faoliyatining samaradorligini qaysi jihatlarga asoslanib baholash mumkin;
  • Daromadlik rejalashtirilgan darajaga yetmasa, jamoani qanday birlashtirish mumkin;
  • Jamoada har kim 120% ishlab, shu o‘rinda, o‘z kuch va g‘ayratini yo‘qotmasligi uchun qanday muhitni shakllantirish zarur;
  • Noturg‘un vaqtda biznesning turg‘un o‘sish strategiyasini qanday tashkil etish mumkin.

Jahonda e’tirof etilgan xalqaro ekspertning bilimlari va boy tajribasi kompaniyaning og‘ir davrni uddalay olishiga ko‘maklashishda hal qiluvchi rolni o‘ynashi mumkin. Jon King haqiqatda ish beruvchi strategiyani qay tarzda qurish mumkinligi, “zararli” qolipli fikrlarni qayta baholash va netvorking (turli kishilar bilan o‘zaro aloqa qilish)ning yangi vositalariga puxta ishlov berish to‘g‘risida so‘zlab beradi.

Seminarga tashrif buyurish natijasida, ishtirokchilar:

  • qo‘yilgan maqsadlarga erishishning realistik strategiyasi va harakat rejasini ishlab chiqish;
  • “murakkab hamkorlar” bilan o‘zaro munosabat qurishda amaliy vositalar bilan qurollanib olish;
  • “zararli” qolipli fikrlarni tubdan qayta baholash;
  • kundalik ikir-chikir ishlardan chiqa olish;
  • Jon King tajribasidan eng sara keyslar bilan tanishish.

Seminar Be The Change Group kompaniyasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Tadbir eng yuqori darajada o‘tishi belgilangan, zero, uning tashkiliy qismi Unique Present Media Holding kompaniyasi zimmasidadir.

Ucell mobil aloqa operatori mazkur yilning ilk biznes-seminarini qo‘llashni lozim deb topib, uning Bosh aloqa homiysi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Mamlakatimizda zamonaviy qarorlar va texnologiyalarni qo‘llagan holda Ucell o‘z faoliyatida korporativ etika va madaniyatga asoslanuvchi biznes boshqaruvining eng yuqori andozalariga amal qiladi. Jon King singari xalqaro mutaxassislar va birinchi darajali tashqi ekspertlarning tajribasini qo‘llash imkoniyati bebahodir. Va, shu o‘rinda, operator ushbu imkoniyat bilan seminarning asosiy tinglovchilari – yirik va o‘rta biznes vakillari, katta ambitsiyalarga ega startapchilar va yetakchi tadbirkorlar bilan o‘rtoqlashishni xohlaydi.

Seminar mazkur yilning 15-mart kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturida ishtirokchilarning o‘zaro suhbat yuritishlari uchun tanaffuslar ko‘zda tutilgan. Barcha tinglovchilar ma’ruzada ishtirok etganliklari to‘g‘risidagi rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Seminar to‘g‘risida va chiptalarni xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni tadbirning rasmiy sayti www.change.uz va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 telefonlari orqali bilib olish mumkin.

Ma’ruzachi Jon King haqida

Jon Pol King – yetakchilik va kouching bobida jahonda katta e’tibor qozongan shaxs, The Coaching Revolution va Tribal Leadership bestsellerlarining hammuallifi. Jon Yevrosiyoda (CELA), Janubi-Sharqiy Osiyoda (SEALA) va Yaqin Sharqda (MELA) liderlarni shakllantirish bo‘yicha SIBF (Xalqaro biznes-hamjamiyat) dasturlarining yetakchi treneridir. U kouching, top-menejerlarga hamrohlik qilish, strategik yetakchilik, korporativ madaniyat bo‘yicha o‘quv dasturlarini taqdim etuvchi The Cultural Architecture xalqaro korporatsiya va institutining hamta’sischisi va bosh direktoridir. Jonga zamonamizning eng yorqin notiqlaridan biri sifatida talab katta va u butun dunyoda biznes egalari va rahbarlarining murabbiyi sifatida ma’lum va mashhur. U 2000-yilda American Society for Training & Development tomonidan taqdim etiluvchi Award of Excellence in Leadership Trainings mukofotining sohibi bo‘ldi. Uning mijozlari – doimiy tarzda New York Times, Wall Street Journal va Forbes sahifalarida ismlari chiquvchi jamoat vakillari, davlat muassasalari va korporatsiyalar rahbarlari, mashhur biznesmenlardir.

Jon King Fortune-100 ro‘yxatidagi AQShning eng yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Jumladan, Intel, American Express, Amgen, SEHA Southern California Edison, “Koinot chegaralari” jamg‘armasi va ko‘plab boshqalar. Jon King Marshall biznes-maktabi, American Express liderlar maktabi, Middle-East Leadership Academy, South-East Leadership Academy va shu kabi nufuzli o‘quv yurtlarida yuqori mansabli rahbarlar va jamoat arboblari uchun ochiq chiqishlar o‘tkazadi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн