Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston va Latviya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 13-raundi bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 373           Дата: 24-02-2016, 00:03          
2016-yilning 22-fevral kuni Riga shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari vakillari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning o‘n uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Latviya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari, TIV siyosiy direktori Eduardas Stiprays boshchilik qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

O‘zbekiston va Latviya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 13-raundi bo‘lib o‘tdi

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari batafsil muhokama qilindi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi tahlil qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston—Latviya oliy darajadagi muntazam uchrashuvlari o‘zaro manfaatli munosabatlarining negizi hisoblanadi hamda ushbu aloqalar tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan yaratilgan mustahkam huquqiy asosga tayanib jadal rivojlanib bormoqda.

Tomonlar bir-birlarini uzoq muddatli va ishonchli hamkor deb hisoblaydi. Munosabatlar ochiqlik va manfaatlarni e’tirof etishga asoslanadi hamda siyosiy muloqot, parlamentlar va davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Suhbat chog‘ida 2016-yilga mo‘ljallangan turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya TIV davlat kotibi Andrey Pildegovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031