Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 436           Дата: 24-02-2016, 00:03          
14-fevral kuni Toshkentda Chekhov Group tarmog‘iga qarashli birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi. Family Fitness — bu an’anaviy tushunchalardan chekingan holda tashkil etilgan sport markazlarining yangi formatidir.

Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Ushbu fitnes-“yangilik”ning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda kattalar ham, bolalar ham shug‘ullanishi mumkin, ya’ni Family Fitness klubida har bir oila a’zosi o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan mashg‘ulotni topishi mumkin.

Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Shifokor kabineti, bolalar xonasi, spa-kabinet, tirnoqlar servisi burchagi, go‘zallik studiyasi, qulay shkafchalarga ega kiyim almashtirish xonalari, dush kabinalari, fin saunasi va boshqa yoqimli xizmatlar. Birinchi qavatda ana shunday turli-tuman xizmat ko‘rsatish kabinetlari joylashgan. Shuningdek retsepsiya stoli yonida Family Fit Cafe bar zonasi joylashgan bo‘lib, bu yerda sport mashqlaridan so‘ng yangi siqilgan fresh ichish yoki mashg‘ulotlar oldidan yengil sog‘lom ovqat tanovul qilish mumkin.

Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Family Fitness klubining ikkinchi qavatida keng trenajyor zali joylashgan. U uchta zonaga ajratilgan: yugurish yo‘laklari va veloyo‘laklarga ega kardioteatr zonasi, tizza bukib o‘tirish uchun ustunlar, siqish kursilari, gantellar qatoriga ega kuch ishlatish zonasi, tananing tabiiy korsetini hamda mushaklarga yuklama hosil qilgan holda bel bo‘limini mustahkamlovchi mashqlarni bajarish uchun mo‘ljallangan giperekstenziya zonasi.

Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Zal oxirida guruhlarga to‘plangan holda bajariladigan mashqlar – raqslar, yoga, pilates, bolalar klubi mashqlari va kuch ishlatiladigan mashqlar uchun ikkita zal joylashgan.

Har bir mijoz abonementiga murabbiy bilan ikkita bepul uchrashuv ham kiritilgan (trenajyorlar bo‘yicha instruktaj va bepul mashq o‘tkazish).

Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Family Fitness klubi ko‘rsatadigan xizmatlarning to‘liq ro‘yxati:

1-qavat:

  • Turli-tuman sog‘lom taomlar va sport ovqatlariga ega Family Fit Cafe bari;
  • Learn&Play bolalar zonasi. Uning hududida muntazam ravishda tarbiyachilar va enagalar xizmat qiladi;
  • Keng xizmat turlariga ega Family Beauty SPA saloni;
  • Shkafchalar, dush xonalari va fin saunasi ega kiyim almashtirish xonalari;
  • Fitnes shifokor kabineti (fitnes diagnostika, ovqatlanish rejasi bo‘yicha tavsiyalar va hokazo);
  • Savdo va Retsepsiya bo‘limi.

2-qavat:

  • Kardio-zonali trenajyor zali ;
  • Guruhli dasturlar uchun ikkita zal (ularda raqslar, kuch ishlatishni talab qiluvchi mashqlar, body&mind yo‘nalishi bo‘yicha mashqlar (yoga, pilates), bolalar darslari o‘tkaziladi).

Shuningdek:

  • Krossfit (loyihada) hamda turli sport o‘yinlari uchun ko‘p funksional maydonchaga ega ikkita yozgi ochiq maydon;
  • Mashinalar uchun qulay joy.
Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali oling: 948-00-30, 222-12-92

Manzil: Yunusobod,18 .

Mo‘ljal: mavze ichiga restoran (sobiq “Saraton” restorani) qarshisidan kiriladi.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн