Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda quloqchin taqqan qiz sabab Damas ag‘darildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 801           Дата: 19-02-2016, 22:00          
Toshkentda quloqchin taqqan qiz sabab chorrahada harakatlanib kelayotgan Damas avtomobili ag‘darilib ketdi. Shahar chorrahalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridan biriga yozib olingan va O‘zMTRK tomonidan namoyish etilgan yo‘l-transport hodisasidan parcha Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida ulashildi.

Hodisa qachon, qaysi chorrahasida yuz berganiga aniqlik kiritilmagan. Quloqchin (naushnik) taqqan qiz, hodisa yuz bergan vaqtda piyodalar uchun harakat taqiqlanganiga qaramay, yo‘lni kesib o‘tishni boshlagan.

Svetoforning yashil chirog‘iga chorrahaga kirib kelgan Damas haydovchisi tezlikni kamaytirishga ulgurmagan va qizni urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan. Keskin manyovr oqibatida Damas yo‘l o‘rtasidagi svetofor ustuniga urilgan va ag‘darilib ketgan, ustun qiyshayib, svetofor ishdan chiqqan.

O‘zidan 2—3 metr uzoqlikda avtomobil ag‘darilib ketganidan so‘ng, qoidaga hilof ravishda yo‘lni kesib o‘tayotgan qiz quloqchinni yechib, biroz to‘xtab turgan, so‘ng yana o‘z yo‘lida davom etgan. Videoyozuvda qarama-qarshi tomondan kelgan Spark avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi ag‘darilgan Damas tomon yordamga oshiqqanini ko‘rish mumkin.

Mazkur videoyozuv “Voditeli Tashkenta” guruhida faol bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning aksariyati, birinchidan, qoidaga hilof ravishda (harakat faqat avtomobillar uchun ruxsat berilgan vaqtda) yo‘lni kesib o‘tayotgani, ikkinchidan, yo‘lni kesib o‘tish vaqtida quloqchin taqib, nafaqat o‘z hayotini, balki harakatning boshqa ishtirokchilarini ham xavf ostida qoldirgan qizni keskin tanqid qilgan. Bir guruh foydalanuvchilar Damas avtomobili chorrahaga shiddat bilan kirib kelganini ham qoralagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-martdan e’tiboran Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahriri kuchga kiradi. Unga ko‘ra (Qoidalarning 19-moddasi bo‘yicha), yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni ko‘rish, radio-audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish, hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн