Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kanton yarmarkasi: IBT bilan birgalikda muvaffaqiyatli 10 yil!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 948           Дата: 18-02-2016, 13:29          
Bundan roppa-rosa 10 yil oldin, O‘zbekistondan tadbirkorlarning birinchi delegatsiyasi, u paytda hali hech kimga taniqli bo‘lmagan Kanton yarmarkasida ishtirok etish uchun Xitoyga yo‘l oldi. Aslida, o‘sha yillari kamdan kam insonlar sanoat ko‘rgazmalariga tashrif buyurishgan, ayniqsa bunday keng ko‘lamdagi ko‘rgazmalarga. Biroq, vaqt o‘tgach, bunday turdagi tadbirlarda ishtirok etish natijasida erishilgan foyda va samaradorlik bizning tadbirkorlarimiz orasida yaxshi mustahkamlanib qoldi.

Kanton yarmarkasi: IBT bilan birgalikda muvaffaqiyatli 10 yil!

Bugungi kunda, yarmarkaning O‘zbekiston hududidagi yagona sherigi bo‘lib, International Business Travel kompaniyasi har yili 100 dan ziyod odamni Kanton yarmarkasining ikkala sessiyasiga yuboradi. Delegatsiyalarni yuborish bo‘yicha ko‘p yillik samarali ish tajribasi mobaynida, mingdan ortiq tadbirkorlar, kompaniyaning xizmatidan foydalangan holda, ushbu eng yirik sanoat tadbirida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun: Kanton yarmarkasi 1957-yildan boshlab har yili, yiliga ikki marotaba o‘tkaziladi – bahorda va kuzda. Yarmarkada tuzilgan kelishuvlarning hajmi butun Xitoy eksportining yillik hajmining o‘ninchi qismini tashkil etadi. Eksponentlar orasida Xitoy va dunyoning boshqa davlatlarining eng yirik kompaniyalari bor.

Yarmarkada biznesni rivojlantirish va yaxshilash uchun jiddiy ta’minlovchilarni topish imkoniyati mavjud. Bu yerda oyoq kiyimi, kiyim-kechak, jihoz buyumlari va interyer buyumlari, qurilish materiallari, ishlab chiqarish liniyalari va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Shubhasiz, har qanday tor tarmoqli, ma’lum sohaga oid ko‘rgazmani tanlash mumkin, lekin aynan Kanton yarmarkasi kapitalni unumli va samarali ravishda sarmoya qilish mumkin bo‘lgan tadbir bo‘lib hisoblanadi. Yarmarkaning farqli xususiyati – bu yerda biznesning zamonaviy, ayrim paytda umuman kutilmagan rivojlanish yo‘llarini ko‘rish, hamda ularni shu zahoti hayotga tatbiq etish imkoniyati mavjud.

Siz ham delegatsiyaning ishtirokchisiga aylanib, Guanchjoudagi 119-Import va eksport mahsulotlari Xalqaro yarmarkasiga (Kanton yarmarkasi) tashrif buyurishingiz mumkin.

Safar delegatlari uchun quyidagi aksiyalar taklif etiladi:

“Bepul tur” aksiyasi

Ushbu aksiya, yarmarkada 30 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan qiymatga uskunalarni xarid qilgan hamda ushbu uskunani O‘zbek—Xitoy Savdo Uyi orqali yetkazib berish xizmatidan foydalangan tadbirkorlarga nisbatan qo‘llaniladi, turpaket qiymati qoplanadi.

Guruhlar uchun “10+1 bepul” aksiyasi

10 odamdan tashkil topgan guruh yig‘ilgan taqdirda, 11-ishtirokchi turga bepul ega bo‘ladi.

Birinchi bosqich (2016-yil 15–19-aprel.):
Yirik va kichik uskunalar; mashinalar va maxsus texnika; asboblar va ehtiyot qismlari; kimyoviy xomashyo; mototsikllar; velosipedlar; maishiy texnika va elektronika; yoritish asboblari va santexnika; qurilish va pardozlash materiallari.

Ikkinchi bosqich (2016-yil 23–27-aprel):
Sopol, chinni, shisha va metall buyumlari; uy, bog‘, vannaxona uchun buyumlar; jihozlar; o‘yinchoqlar va sovg‘alar; oshxona anjomlari va idishlar; landshaft dizayni, pardoz buyumlari, soatlar va ko‘zoynaklar.

Uchinchi bosqich (2016-yil 1–5-may):
Gazlama va furnitura; to‘qimachilik sanoati uchun xomashyo va gazlamalar; kiyim-kechak va taqinchoqlar; oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyo; tibbiy asboblar, medikamentlar va pardoz buyumlari: oyoq kiyim buyumlari, mo‘yna, teri va par buyumlari; uy gazlamalari; gilamlar; ofis anjomlari va buyumlari.

Yarmarkaga tashrif buyurish masalalari bo‘yicha IBT kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Telefonlar: (0-371) 255-60-77, (+998-90) 993-00-25, (+998-90) 998-64-45.
  • Email: info@ibt.uz.
  • Sayt: http://uz.ibt.uz/tours/334

Hujjatlarni topshirish muddati — 20-martgacha.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн