Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Akademik Said Shermuhamedov 86 yoshida vafot etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 411           Дата: 18-02-2016, 10:44          
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, falsafa fanlari doktori Said Shermuhamedov 2016-yil 16-fevral kuni 86 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Akademik Said Shermuhamedov 86 yoshida vafot etdi

S.Shermuhamedov 1930-yil 12-mayda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ildi. 1948—1953-yillarda Samarqand davlat universitetida ta’lim oldi. O‘qishni tugatib, ushbu universitet aspiranturasida tahsilni davom ettirdi. Falsafa fanining dolzarb masalalari bo‘yicha 1960-yilda nomzodlik, 1974-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi.

Ilmiy-pedagogik va rahbarlik faoliyatini birgalikda olib borgan taniqli olim o‘zining 60 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining falsafa va huquq instituti ilmiy xodimi, ilmiy kotibi, direktor o‘rinbosari, respublika maorif vaziri, Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, O‘zbekiston Milliy universitetining kafedra mudiri kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali xizmat qildi va O‘zbekistonda falsafa faniga doir masalalarni ilmiy tadqiq etish, ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishida faollik ko‘rsatdi.

S.Shermuhamedovning falsafa fanining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan monografiyalari, ko‘plab risola va maqolalari ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн