Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat granti berish uchun tanlov e’lon qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 496           Дата: 18-02-2016, 00:01          
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat granti berish uchun tanlov e’lon qildi. Jamoat fondi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qildi.

NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat granti berish uchun tanlov e’lon qildi

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda e’lon qilindi:

  • “OAVlarning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida;
  • “ ‘Sog‘lom ona va bola yili’ Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTlarni keng jalb qilish” mavzusida NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari;
  • 2016-yilda ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
    institutlari o‘rtasida tanlov.
  • Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

    1. NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
    2. Davlat granti loyihasi uchun www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan ariza;
    3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustav (Nizom) nusxasi;
    4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
    5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa litsenziyaning nusxasi.
    6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomalari, iltimosnomalari ilova qilinishi mumkin.

    Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant summasi miqdori – 25 million so‘mgacha.
    Hujjatlar 2016-yilning 10-fevralidan 10-martigacha qabul qilinadi.

    Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

    Hujjatlarni taqdim etish shartlari va hujjatlar namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

    Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64

    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031 

    Мы Онлайн