Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qonunni buzmay taksi haydamoqchiman: litsenziya necha pul, uni qayerdan va necha kunda olaman?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 778           Дата: 16-02-2016, 17:42          
  • Nima bo‘ldi?
  • Litsenziyasiz taksichilarni tutib olishsa, nima bo‘ladi?
  • Litsenziya kimlarga beriladi?
  • Yo‘nalishsiz taksining yagona tanish belgilari nima?
  • Litsenziya uchun necha pul to‘lanishi kerak?
  • Litsenziya kartochkasi?! U nima?
  • Litsenziya va litsenziya kartochkasi necha kunda beriladi?


  • reydlar o‘tkazishni boshladi.

    Qonunni buzmay taksi haydamoqchiman: litsenziya necha pul, uni qayerdan va necha kunda olaman?


    176-3-moddasiga muvofiq, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotganlar eng kam ish haqining 20 dan 100 baravarigacha (16-fevral holatiga ko‘ra, 2,6 million so‘mdan 13 million so‘mgacha), yuridik shaxslar esa 50 baravaridan 150 baravarigacha (16-fevral holatiga ko‘ra, 6,51 million so‘mdan 19,53 million so‘mgacha) miqdorda jarimaga tortiladi. Agar bu holat takrorlansa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi bo‘yicha eng kam ish haqining 25 baravaridan 75 baravarigacha (16-fevral holatiga ko‘ra, 3,25 million so‘mdan 9,76 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquq (masalan, haydovchilik guvohnomasi)dan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.



    kursi bo‘yicha, albatta) to‘lasa bo‘ldi — besh yil amal qiladigan litsenziya tayyor. Biroq bu, yana qayd etamiz, yuk tashiydigan taksi uchun.

    O‘z Matiz’i yoki Nexia’sida yo‘lovchi tashimoqchi bo‘lganlarning ishi biroz murakkab. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan haydovchi birorta taksi korxonasi (yuridik shaxs)ga murojaat qilib, o‘z avtomobilini shartnoma asosida (notarius orqali) shu korxonaga ijaraga berishi kerak. Shundan so‘ng avtomobil taksilar uchun xos yagona tanish belgilari bilan to‘liq jihozlanadi.



    qaroriga muvofiq, yagona tanish belgilari ikkiga — tashqi va ichki ma’lumot beruvchilarga bo‘linadi. Tashqi ma’lumot beruvchi belgilar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • mashinaning tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarga TAXI tanish belgisini o‘rnatish;
    • shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va mashinaning oldingi eshiklaridagi “T” harflari;
    • mashinaning oldingi eshiklaridagi taksi korxonasi (yuridik shaxs)ning nomi;
    • yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi davlat raqami belgisi;
    • faqat Toshkent shahri uchun — mashinaning “fil suyagi” rangiga bo‘yalishi (boshqa barcha joyda avtomobil sariq rangga bo‘yaladi).

    Ichki ma’lumot belgilariga esa quyidagilar kiradi:

    • old oynaning yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli chiroq;
    • mashinaning davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yo‘lkira qiymati (so‘mda), taksi korxonasining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, majburiy sug‘urta qilinganlik haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan ma’lumotlar tablichkasi;
    • hisoblagich (taksometr);
    • belgilangan tartibda sotib olinadigan va foydalaniladigan radioaloqa vositasi.


    qaroriga ko‘ra, taksi korxonasidagi bitta avtomobil — bitta litsenziya kartochkasi, degani.



    bu yerda tomosha qilish mumkin). Agar taksi korxonasi yangi mashinalarni sotib olsa yoki ijaraga olsa, yana 75 (yoki 125) dollar to‘lab (esdan chiqmasin, Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha), qo‘shimcha litsenziya kartochkasini oladi.

    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031 

    Мы Онлайн