Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Umra-2016” bahor mavsumi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 926           Дата: 15-02-2016, 09:35          
2016-yil 15-fevral kuni erta tongda Toshkent shahri va Toshkent viloyati ziyoratchilaridan iborat dastlabki guruhlar umra ibodatini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishi bilan “Umra-2016” bahor mavsumi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

“Umra-2016” bahor mavsumi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Respublika “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tavsiyalari bilan tashkil etilgan mazkur mavsum davomida 5500 nafar fuqarolarning umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan.

Bu mavsum davomida ziyoratchilarga Saudiya Arabistonida 8 nafar ishchi guruh, 8 nafar oshpaz va 27 nafar shifokorlar guruhi xizmat ko‘rsatadi.

O‘n kunlik umra safari davomida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun bo‘lib, “Nur Mavadda” mehmonxonasida istiqomat qilishi rejalashtirilgan. Makka shahrida esa “Namaa Mavadda” mehmonxonasi ziyoratchilarni kutib olishga shay holatga keltirilgan bo‘lib, umrachilar u yerda 7 kun davomida bo‘ladi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlandi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirildi.

Umra ziyoratchilarini Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kuzatdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “Umra-2016” bahor mavsumi ziyoratchilarini kuzatish 15-fevraldan 26-martga qadar davom etadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн