Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yirtilgan so‘m: pulning kamida 55 foizi saqlanib qolgan bo‘lsa, to‘lovga yaroqli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 926           Дата: 13-02-2016, 13:31          
Pul qanday holatda mutlaqo yaroqsiz hisoblanadi? Bir tarafdagi raqamlari yirtilgan pulni sotuvchi yoki bank qabul qilmasligi mumkinmi?

Yirtilgan so‘m: pulning kamida 55 foizi saqlanib qolgan bo‘lsa, to‘lovga yaroqli

“Darakchi” gazetasining o‘quvchisi tomonidan berilgan bu savolga O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sherzod Hojimurotov javob berdi.

Adliya vazirligida 2008-yil 27-iyunda ro‘yxatga olingan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir Yo‘riqnoma”da so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash qoidalari keltirilgan bo‘lib, unga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi banknotalarni, ya’ni:

  • har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, dog‘lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo‘lgan pullar;
  • yirtilgan va yelimlangan pullar, agar pulning qismlari shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli bo‘lsa;
  • bo‘yoq moddalari va kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuydirilgan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar;
  • banknot hajmining 55 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlanib qolingan pullar to‘lovga yaroqli hisoblanadi hamda hech qanday moneliksiz to‘lovga qabul qilinishi lozim.

Shuningdek, shikastlanish turidan qat’iy nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, ko‘karib va qorayib ketgan), o‘zining to‘la hajmini va old tomonidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tug‘dirmaydigan metall tangalar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.

Bunday shikastlangan pullar eskirgan pullar toifasiga kiritilib, to‘lovga yaroqli hisoblanadi va banklar tomonidan ular shu qiymatdagi pullarga almashtirib beriladi.

Shunday ekan, to‘lov vositasi sifatida taqdim etilayotgan banknot yirtilgan bo‘lsa-da, banknotning 55 foizi va undan ko‘p qismi saqlanib qolgan bo‘lsa, bu pullar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн