Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kitob o‘zbekcha, muqova ruscha: 3-sinf o‘quvchisi aniqlagan xato

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 046           Дата: 13-02-2016, 13:31          
Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhi a’zolaridan birining 3-sinfda o‘qiydigan qizi “Matematika” kitobidagi xatolikni topdi — kitob asli o‘zbek tilida bo‘lsa-da, muqova va muqovaning ichki tomoni rus tilida.

Kitob o‘zbekcha, muqova ruscha: 3-sinf o‘quvchisi aniqlagan xato

Mazkur holat guruhda bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik, xususan, xatolikni aniqlagan o‘quvchi qizning onasi ham bu holat uchun Xalq ta’limi vazirligini e’tiborsizlikda ayblagan, bunday xatoliklar o‘quvchilarni chalg‘itishidan norozilik bildirgan. Ba’zi foydalanuvchilar o‘zbekcha muqova yetmay qolganida, ruschasi qo‘yib yuborilgan bo‘lishi mumkin, degan taxminni ilgari surgan.

Darslikdagi chiqish ma’lumotlariga ko‘ra, kitob 2014-yil Toshkentdagi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan nashrdan chiqarilgan va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Kitob o‘zbekcha, muqova ruscha: 3-sinf o‘quvchisi aniqlagan xato

Munozaraga o‘zini Xalq ta’limi vazirligi tizimi xodimi deb tanishtirgan foydalanuvchi ham qo‘shilib, bu xatolik nashriyot aybi bilan yuz bergani, vazirlik o‘quvchilarga tarqatilayotgan barcha darsliklarni birma-bir tekshirish imkoniga ega emasligini tushuntirishga uringan.

“Aynan bu xatolik — nashriyotniki. Darsliklar nashrdan chiqqanidan so‘ng, nashriyot xodimlari tomonidan tekshiriladi. Nashriyotda tekshiruvdan o‘tgan darsliklarni Xalq ta’limi vazirligi tuzgan guruh ekspertizadan o‘tkazadi. Bunda, tirajga qarab, darsliklarning ma’lum bir qismi taxminiy olinib, birma-bir tekshiriladi. Barcha darsliklarni birma-bir ko‘rib chiqish imkoni yo‘q”, — dedi vazirlik tizimida ishlovchi foydalanuvchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday darsliklarning qayta nashr davriyligi ikki yilda bir marta bo‘lib, keyingi nashrga tayyorlash jarayonida shu kabi xatoliklar hisobga olinib, bartaraf etiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031