Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2015-yilda Buxoro bojxonachilari 8,7 mingdan ortiq diniy adabiyotlarning yashirin olib o‘tilishiga chek qo‘ydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 543           Дата: 11-02-2016, 19:08          
Diniy adabiyotlarning respublika hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishining oldini olish maqsadida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan doimiy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2015-yilda Buxoro bojxonachilari 8,7 mingdan ortiq diniy adabiyotlarning yashirin olib o‘tilishiga chek qo‘ydi

2015-yil davomida viloyat bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 127 ta bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilib, 8,7 ming donadan ortiq turli shakldagi diniy adabiyotlarning yashirin tarzda olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.

Jumladan, Buxoro xalqaro aeroportida Moskva—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unga tegishli noutbuk xotirasida 17 dona diniy mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, mazkur videofayllar diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Diniy adabiyotlarni olib kirish bo‘yicha amaldagi tartiblarga rioya qilmagan ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybli deb topildi va jazo tariqasida 3 yil muddatga oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat daromadi hisobiga undirilib borishlik sharti bilan ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq, chet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi. Bunday adabiyotlarni olib kelish, sotish va tarqatishga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

Oldinroq O‘zbekiston bojxonachilari 2015-yil davomida 6 mingdan ziyod behayo mazmundagi materiallarning olib o‘tilishiga chek qo‘ygani xabar berilgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031