Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 824           Дата: 10-02-2016, 14:45          
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan fotoxabarlardan biri: Andijon shahridagi piyodalar o‘tish joylari sariq rangga bo‘yalmoqda va ular kunning qorong‘i vaqtida nur qaytaradi, “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi esa sariq gardish ichiga olinmoqda.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Muhokamalarga ishtirok etgan aksariyat foydalanuvchilar (ularning ba’zilari dastlab fotosuratlarning haqiqiyligini shubha ostiga oldi, shu sababli andijonliklar “Voditeli Tashkenta”ni sariq rangli piyodalar o‘tish joyi suratlariga to‘ldirdi) mazkur tashabbusni olqishlab, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham buni tatbiq etish lozimligi haqida fikr bildirgan.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Fikr bildiruvchilarning mulohazalari bilan tanishib, Andijon bu borada birinchi emasligini payqash mumkin — Samarqandda bunday uch oy avval piyodalar o‘tish joylari sariq rangga bo‘yala boshlangan, biroq “eng birinchi sariq rangli o‘tish joylaridagi chiziqlar hozirga kelib qariyb o‘chib ketgan”.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Shahar ma’muriyati va yo‘l harakati xavfsizligiga mas’ul idoralar piyodalar xavfsizligi haqida qayg‘urayotgani quvonarli, albatta. Lekin xalqaro tajriba bilan taqqoslaganda, buning o‘zi yetarli emasligi ko‘rinib qoladi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida piyodalarning xavfsizligini ta’minlash masalasida aksariyat rivojlangan xorijiy mamlakatlar sezilarli darajada ilgarilab ketgan — piyodalar o‘tish joyi sariq rangga bo‘yalmaydi, yo‘l belgilari ham sariq gardish ichiga olinmaydi.

Qorong‘i vaqtda piyodalarning hayoti va salomatligiga nisbatan xavfning ayniqsa ortishi — piyodalar o‘tish joyi nur qaytarmasligi yoki sariq rangga bo‘yalmagani, yo‘l belgisi esa sariq gardish ichiga olinmagani bilan bog‘liq emas. Haydovchi o‘tish joyi yoki tegishli belgini ko‘rmaganidan emas, balki piyodani ko‘rmay qolganidan uning ustiga bosib boradi.

Yo‘l belgilarini nur qaytaruvchi, sariq yoki yorqin yashil rangli gardishlar ichiga joylashtirish, o‘tish joylarini nur qaytaruvchi qilish va e’tiborni tortuvchi ranglarga bo‘yash amaliyoti avvalroq Rossiyada ham boshlangan va bu holat mamlakatning taniqli blogerlari tomonidan asosli tanqid ostiga olingan edi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Mazkur vaziyatda G‘arb mamlakatlariga tajribasiga murojaat qilish foydadan holi emas. Birinchi galda, “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi nafaqat yo‘l yoqasida, balki qatnov qismining ustida ham bo‘lishi maqsadga muvofiq, xuddi San-Marinodagidek.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Yoki Daniya poytaxti Kopengagendagi kabi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Bryusselda.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Gaagada.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Qatnov qismining ustiga chiqarilgan yo‘l belgisi shunchaki turishi kerak emas — u, xuddi Germaniya va Isroildagi kabi, kun qorayishi bilan, ichidagi va ostidagi chiroqlar bilan o‘zini va piyodalar o‘tish joyini yoritgani ma’qul.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Muammoning brazilcha arzonroq yechimi bor — San-Paulu ko‘chalarida piyodalar o‘tish joyini yo‘l belgisi emas, shunchaki oddiy projektorlar yoritadi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Shveysariyadagi piyodalar o‘tish joylarining qariyb barchasida yo‘l belgisi ham, yo‘l belgisini ko‘tarib turgan ustun ham yorug‘ turadi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Rossiyadagi dizayn-studiyalardan biri quyosh energiyasida ham ishlay oladigan “Havo zebrasi” konseptini ishlab chiqqan — u qorong‘i vaqtda piyodalar o‘tish joyini charog‘on qiladi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Avtomobil tezligini pasaytirish va umuman to‘xtashga majbur qiladigan boshqa bir yechim ham bor — piyodalar o‘tish joyi qatnov qismiga nisbatan balandroq qilib quriladi, bunday o‘tish joyi oldida har qanday haydovchi, kamida avtomobiliga zarar yetmasligini o‘ylab, tezlikni pasaytiradi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Yuqoridagi ko‘rsatilgan xorijiy namunalarning bari, albatta, harakatlanish bo‘laklari soni ikkitagacha bo‘lgan yo‘llar uchun mo‘ljallangan. Agar bo‘laklar soni ko‘proq bo‘lsa, o‘tish joyi qanday rangga bo‘yalmasin, qanchalik yoritilmasin, katta tezlikda kelayotgan avtomobilni bu vositalar bilan to‘xtatish qiyin — svetofordan boshqa najot yo‘q.

2014-yilda Toshkent shahridagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridan birida “Radar.uz” loyihasi tomonidan monitoring o‘tkazilgandi. O‘shanda atigi bir soat davomida qariyb 600 ta avtomobil piyodalarga yo‘l bermagandi. O‘sha vaqtdayoq bu muammoning samarali yechimi sifatida ishlash rejimi yaxshi o‘ylangan va yo‘l o‘rtasida ham boshqaruv tugmalari bo‘lgan boshqariladigan svetoforlarni o‘rnatish ekanligi qayd etilgandi.

Andijondagi sariq rangli va nur qaytaruvchi piyodalar o‘tish joyi: xavfsizlik uchun shuning o‘zi yetarlimi?

Bundan tashqari, quyidagi choralarni ko‘rib chiqish kerak:

  • Yozuvli axboroti (masalan, “Diqqat, piyodalar!”, “Tezlikni kamaytir!” va h.k.) bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l belgilarini o‘rnatish;
  • Piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashishda tezlikni cheklash (3.24 va 3.25 belgilari);
  • Yo‘l qatnov qismidagi har bir harakatlanish bo‘lagiga yotiq chiziq belgilarini qo‘yish (masalan: “Sekin” yozuvi, “Piyodalar o‘tish joyi” belgisi, “Maksimal tezlik cheklangan” belgisi).
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн