Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jajji Bibisorani tug‘ma yurak xastaligidan xalos etgan aksiya

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 994           Дата: 10-02-2016, 13:48          
Oldindan kelishmasdan, o‘zaro biz unga fransuz ohangida jajji Bibi deb nom berdik. Qoshlari nozli ko‘tarilgan, o‘ynoqi, lekin vaqti-vaqti bilan ma’yus ko‘zlar, talay savol — oftob nega charaqlaydi, shifoxona kimniki, daraxtlar nimaga o‘sadi, nega yurakda igna sanchadi, dadam qayerda….

Jajji Bibisorani tug‘ma yurak xastaligidan xalos etgan aksiya

Bibisora Jo‘rayeva endi uchdan to‘rtga qadam qo‘ydi. Fors tilidan tarjima qilinsa ismining ma’nosi — eng yahshi qiz. Onasi Dilafro‘z barcha savollariga bahuzur, batafsil javob beradi, faqat – “Dadam qayerda?” degan savolga javobi yo‘q, mum tishlab qoladi… Bibining otasi u tug‘ilmasdan, uch yarim yil oldin Rossiyaga bedarak ketib qolgan, eng yaxshi qizga esa tug‘ruqxonaning o‘zidayoq tug‘ma yurak xastaligi — yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsoni (YuQO‘PN) tashxisi qo‘yilgan.

Har ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqning uch nafari YuQO‘PN bilan tug‘iladi. Qorinchalar o‘rtasidagi parda, o‘z nomiga ko‘ra yurak qorinchalarini bo‘lib turadi. Tabiat unda hech qanday teshik bo‘lishini ko‘zda tutmagan, Bibisora tug‘ilganda esa pardada 3 mm teshik bor edi. Uch yoshga to‘lgunga qadar u kattalashib, 7 millimetrga yetdi. Bunday jarayonni kuzatgan shifokorlar vaqtni qo‘ldan boy bermasdan, tezroq operatsiya o‘tkazishni tavsiya qildi.

Rivojlangan mamlakatlarda shunday tashxisi aniqlangan bolalarni, agar tibbiy taqiqlar bo‘lmasa, umrining birinchi yilidayoq operatsiya qilishadi. Bizlarning shifokorlar ham shunday qilishga qodir, lekin ochiq yurakda operatsiya o‘tkazish uchun oksigenator — gaz almashtiruvchi, bir marotaba ishlatiladigan moslama zarur. U qonni kislorod bilan ta’minlaydi va ishlatilgan gazlardan qonni tozalaydi. Hamma muhtoj bo‘lganlarni bu qimmatbaho moslama bilan ta’minlashga davlatning hozircha qurbi yetmaydi.

Qo‘lida ikki bola bilan yolg‘iz qolgan Dilafro‘z operatsiyaga zarur bo‘lgan barcha materiallarni va oksigenatorni sotib olish uchun yetarli pulni jamlay olmadi. Davlat Bibisoraga ozgina nafaqa — 250 ming so‘m to‘laydi. Yurak xastaligiga mubtalo bo‘lgan bolalar alohida parvarish va g‘amxo‘rlikka muhtoj, shu sababli Dilafro‘z, bozori chaqqon ayollar sartaroshi bo‘lsa-da, to‘la kun ishlab, pul topishga imkoni yo‘q.

Bibisora Jo‘rayevaga operatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ “Hayotlarni birgalikda qutqaraylik” aksiyasi davomida jamlandi. 2015-yilning noyabr oyi mobaynida “Sochnaya dolina” sharbatining sotilgan har bir qutisidan tushgan pulning muayyan qismi Toshkent pediatriya instituti klinikasining hisob raqamiga o‘tkazilgan edi. Aksiya 15 nafar bolaning operatsiyasiga yetarli mablag‘ jamlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘z bemorlarini tug‘ilganidan beri yoki yurak xastaligi tashxisi qo‘yilgan kundan yaxshi biladigan shifokorlar o‘zlari kam ta’minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi operatsiyaga o‘ta muhtoj bo‘lgan 15 bemorni tanlab oldi.

Bibisoraning yuragi 14-yanvar kuni operatsiya qilindi va, shifokorlar aytishicha, u muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi jajji Bibisora bizlarga o‘zining “maxsus marjoni”ni — o‘mrovosti tomirga qo‘shilgan kateterni namoyish qilib, “hay-hay ko‘ylaklari”, Olmaliqda kutib o‘tirgan opasi Muslima, “allo, allo, yurakjon!” deb, yuragi bilan gaplashadigan shifokorlar to‘g‘risida chug‘urlab, “men ulg‘ayganimda katta bo‘laman” deb to‘xtamay gapirmoqda. Ilohim, shunday bo‘lsin!

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн