Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi tasdiqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 046           Дата: 9-02-2016, 12:30          
2016-yil 16-yanvar kuni Markaziy bank raisi F.Mullajonov “Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (pdf)ga imzo chekdi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida xabar bermoqda.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi tasdiqlandi

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki yuridik shaxs ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz yoki undan ortiq aksiyaga (ulushga) ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarida o‘qishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortiq vaqt o‘tmagan bitiruvchilar kreditlash subyektlari hisoblanadi.

Mikrokredit:

— yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan qarz oluvchilarga — eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha (26 mln. 048 ming so‘m);
— yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan qarz oluvchilarga — eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha miqdorda qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi (39 mln. 072 ming so‘m).

Mikrokredit qarz oluvchiga kredit ajratilayotgan loyihaning o‘zini-o‘zi qoplashi hisobga olingan holda:

— faoliyatni boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;
— qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, shuningdek asbob-uskunalarni sotib olishga — 2 yil muddatgacha;
— investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3 yildan ortiq muddatga beriladi.

Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
— urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, chorvachilik, quyon boqish, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
— yengil konstruksiyali va muqobil yoqilg‘i manbalari hisobiga ishlaydigan issiqxonalarni qurish, meva-sabzavotchilikda ishlatiladigan qishloq xo‘jalik texnikalari va mexanizmlarini sotib olish;
— bevosita ishlab chiqarish sohasi — mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurish;
— xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish — aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‘rsatish,  avtomobillar va boshqa texnikalarni ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, transport xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish;
— yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etish, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish.

Mikrokreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda, bankning imtiyozli kreditlash jamg‘armasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Mikrokredit qarz oluvchiga naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн