Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentliklar daraxtlar kesilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 397           Дата: 9-02-2016, 08:40          
Bir guruh Toshkent fuqarolari 8-fevral, dushanba kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga maktub topshirdi, unda shahar ko‘chalaridagi daraxtlar kesilayotgani yuzasidan xavotir bildirilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Toshkentliklar daraxtlar kesilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qildi

Undan avvalgi ikki kun davomida murojaatni 46 kishi imzoladi. Murojaat tashabbuskorlari fikricha, imzo qo‘ygan kishilar soni ahamiyatga ega emas: “Ona shahrining tashqi qiyofasini ham, ekologik ahvolini ham qadrlaydigan kishilar borligi muhimroq. Va bu odamlar o‘z fikrini bildiradi”.

“Toshkent aholisini O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlarida daraxtlar kesilayotgani g‘oyat tashvishlantirmoqda. Daraxt kesuvchilar qo‘lidan avvalo chinorlar jabr ko‘rmoqda”, — deyiladi murojaatda.

“Shaharlar ko‘chalari yalang‘och bo‘lib qoldi, jazirama kunlarda kishilar oftob tig‘i ostida yuradi. Daraxtlar Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand va boshqa shaharlarda kesildi. Amaldorlarning chinor zararli daraxt ekanligi haqidagi gaplari tanqidga arzimaydi. Bu daraxt eng qimmatli ekin deb tan olingan, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uni o‘stirishadi va avaylab-asrashadi”, — deya ta’kidlanadi matnda.

Mualliflarni Vazirlar Mahkamasining 2014-yil oktabridagi qaroriga rioya qilinmayotgani, xususan, mas’ul organlar saytlarida daraxtlarni kesish bo‘yicha ruxsatnoma yo‘qligi xavotirga soldi. Ular qimmatli yog‘ochga mebel ishlab chiqaruvchilar qiziqish bildirayotgan bo‘lishi mumkinligidan tashvishda. Ular o‘simliklar himoyasi xizmatini qayta tiklashga chaqirdi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Change.org saytida Atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik harakati va Toshkent hokimiyatiga yo‘naltirilgan, chinorlarni kesishni to‘xtatish so‘ralgan petitsiya joylangan edi, uni 3600 kishi imzolagan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн